Eksperimental metodlar haqida tushincha. Professiografik tadqiqotlarni o’tkazish




Download 29,44 Kb.
bet4/5
Sana13.06.2024
Hajmi29,44 Kb.
#263475
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyas-fayllar.org

4. Eksperimental metodlar haqida tushincha. Professiografik tadqiqotlarni o’tkazish.

Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar.


Eksperimentni o‘tkazishda o‘rganilayotgan jarayon o‘tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o‘zgartiriladi, o‘zgaruvchan omillar ta’sirini ajratish, ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o‘rgatish mumkin.
Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o‘rganilayotgan jarayoniga to‘g‘ri baho berish, ma’lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi.Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va labaratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o‘rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig‘ini bajarish jarayonida va hokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi – tadqiqot maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o‘tishi va sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi.
Modellashtiruvchi eksperiment ayrim mehnat jarayonlarining nazariy dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida ishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun’iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi. Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment tadqiqotlarni maxsus asbob-uskunalari bilan jihozlangan psixologik labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutadi. Eksperimentning bu turi odatda elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya’ni, sensor va motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga ko‘tarilgan. Bu bir tomondan videoga tushirish, streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan tayyorlov ishlari ya’ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Videofotoregistratsiya metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda EHM va boshqa maxsus texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda.
Shakllantiruvchi eksperiment – bu usulning asosiy belgisi V.V.Davidovning “psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta’kidlab emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular mohiyatini ochib berishi” kerak degan fikri bilan belgilanadi. Shakllantiruvchi eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma’lum tavsiflarini o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta’lim oluvchilarning yosh, intellektual xususiyatlariga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra, bu usul keng tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra – birinchidan, ko‘p sonli ya’ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoq davomli va nihoyat pedagogik-nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta’minlab beruvchi eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta’limning optimal texnologiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida, malaka oshirish tizimiga innovatsion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.
Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko‘rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab turgan muhandislar ko‘p deffektlarni o‘tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi.Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki nazoratchi uchun muhim bo‘lgan qobiliyatlarni tashxis qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Test tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuzildi. Eksperimental va nazorat guruhi ishlarini korreksion tahlil qilish asosida tasdiqlash, testning samaraliligini va nazoratchilarni tanlash va tayyorlash metodikasini aniqlash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun miqdoriy ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega. Ular ikki guruh darajasini tasdiqlash imkonini beradi, ammo har qaysining absolyut tavsifini aniqlay olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, psixologiya fani real o‘quv-kasbiy faoliyatida o‘zgarishlarni kutmaydigan, imkoniyatlar beruvchi vaziyatlar yaratish orqali shaxsdagi o‘zgarishlarni o‘lchash uchun turli xil shakllarni yaratadi.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.
L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.NUlar qatoriga TAT, Rozentsvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog`lari» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos:
- Materialning yoki vazifaning nisbatan noaniqligi.
- «Ochiqlik» - barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
- Mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
-Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning xususiyati o’lchanishidir.
Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan. Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:
1. Matematik statistik qayta ishlanganlik.
2. Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.
3. Ijtimoiy psixologik me`yorlar.
Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga asoslangan bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi. Ushbu metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi mumkin.


Download 29,44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperimental metodlar haqida tushincha. Professiografik tadqiqotlarni o’tkazish

Download 29,44 Kb.