|
Moliya bozorining adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 127,69 Kb. | | #140686 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat 2-mavzu2. Moliya bozorining adabiyotlar tahlili va metodologiyasi
Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog‘ozlar bozori juda muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional isloxotlar o‘tkazilishi lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muxim axamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo‘ladilar.
Moliya bozori haqida turlixil qarashlar mavjud, masalan A. Allayorovning fikriga ko‘ra “Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim” hisoblanadi. Birqator o‘zbek iqtisodchilari Sh.Sh. Shoxa’zamiy, K. Ismoilov, Sh. Q. Fozilchayev, J. I. Karimqulovlar qarashlariga ko‘ra “Moliya bozori - ortiqcha mablag‘larga ega odamlardagi pul mablag‘larini pul mablag‘lari yetishmayotganlarga o‘tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor hisoblanadi. Har qanday alohida olingan tovar bozor narxi uning bozorga olib chiqilgan miqdori va ushbu tovarning tabiiy narxi yoki to‘liq qiymatini to‘lab, berishga tayyor bo‘lganlar tomonidan unga bo‘lgan talab nisbati bilan aniqlanadi”.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida xalqaro talablar va standartlarni hisobga olgan holda tijorat banklarining aktivlari va majburiyatlarini boshqarish muammolari ortib bormoqda. Ushbu xalqaro ko‘rsatkichlarni samarali joriy etish bank faoliyati holatining o‘ziga xos xususiyatlarini va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hisobga olishda mumkin.
3. Moliya bozori va tuzulmaviy-funktsional modeli
Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir. Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, rogan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‘lmoqda. Moliya bozorining tuzulmaviy-funktsional modeli quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin(1-rasm).
|
| |