|
-rasm. Moliya bozorining tuzulmaviy-funktsional modeli
|
bet | 3/5 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 127,69 Kb. | | #140686 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat 2-mavzu1-rasm. Moliya bozorining tuzulmaviy-funktsional modeli
Bu model oltita bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi unsurlardan iborat: moliya instrumentlarini muomalaga chiqaruvchi, emitent (E), investor (I), professional qatnashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar (NR). Bunda regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashdrish asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Endi esa moliya bozorining tuzulmaviy holatini o‘zida aks ettiruvchi sxemani ko‘rib chiqamiz(2-rasm).
2-rasm. Moliya bozori.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy instrumentlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o‘zaro munosabatlari shakllanadi. O‘z navbatida, segmentlar o‘zaro ta’sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o‘rta, zaif) uch turdagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi. Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo‘lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning ob’ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
Pul bozori — moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi. Pul bozoridagi operatsiyalar firmalarning aylanma kapitali hara-katiga, banklarning qisqa muddatli resurelariga xizmat koʻrsatadi. Ken g maʼnoda Pul bozori xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab bilan va banklar pul taklifi bilan chiqadigan bozordir. Pul bozori vaqtincha yetishmayotgan aylanma vositalarni toʻldirish imkoniyatini beradi. Pul bozorining asosiy ishtirokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillarda bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQShdagi P.b, hamkorlik fondlari) ham ishtirok etadi. Pul bozorida yuqori likvidlikka ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar — xazina va tijorat veksellari, depozit sertifikatlari, bank akseptlari, qimmatli qogʻozlar, munitsipal veksellari va boshqa qatnashadi. Pul bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim obʼyektlaridan biridir. Pul bozori davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida kat-ta ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlanishi bilan xalqaro Pul bozorilari paydo boʻldi (eng yiriklari Amerika Pul bozori, Yevropa Pul bozori).
|
| |