Pedagogikaning asosiy kategoriyalari




Download 32,64 Kb.
bet3/9
Sana16.12.2023
Hajmi32,64 Kb.
#120164
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy
Kadirova Shahzoda 2-sinf dars taqdimoti, 286-7-96-OB2023-son, dilshod, Mavzu Raqamli axborotlarni qayta ishlashda Fure usuli va dinami
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Pedagogika ta`lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o`quvchilarning yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o`zgarib borishini
o`rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular o`rtasidagi aloqa va bog’lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta`lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo`llarini ko`rsatib beradi.

Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar va maktabdan tashqari muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg’or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to`g’ri tarbiya qilish, o`qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo`lida amaliy tavsiyalar beradi.


Tarbiya - o`sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamoloti va dunyoqarashini, insoniy e`tiqod, burch va mas`uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo`lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so`zi ko`p vaqtlarda ta`lim, ma`lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta`lim va ma`lumot natijalarini o`zida aks ettiradi.
Ta`lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o`tkaziladigan, o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish qobiliyatlarini o`stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Agar tarbiya bola tug’ilganidan boshlab, umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta`sirida shakllansa, ta`lim chegaralangan (masalan: sinf xonasi, laboratoriya xonalar) joyda tashkil etiladi. O`qituvchi-tarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.
Ma`lumot ta`lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ta`lim, tarbiya va ma`lumot uyg’unlashgan yagona jarayon bo`lib, o`qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi. O`qituvchi maktabda dars berar ekan, o`quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor
qiladi, ma`lumotli qilishni maqsad qilib qo`yadi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi.

Pedagog o`quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe`l-atvorlariga doimo ta`sir ko`rsatadi.


Ijtimoiy hayot tajribasining ko`rsatishicha, agar inson o`z shaxsiy manfaatini ko`zlab o`qisa, o`rgansa, o`z ustida tinmay qunt bilan shug’ullansa, u oliy ma`lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy mukammal kamolot egasi bo`lishi uchun u ta`lim va ma`lumotdan tashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan bo`lishi shart. Ana shu fazilatlarga ega bo`lgan odamni tarbiya ko`rgan odam deyiladi.


Download 32,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 32,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari

Download 32,64 Kb.