|
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
|
bet | 9/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 32,64 Kb. | | #120164 | Turi | Referat |
Bog'liq Referat mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiyStatistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari,
xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim -tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.
http://fayllar.org
|
| |