• Test, so`rovnomalar metodi
  • Referat mavzu: pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari




    Download 32,64 Kb.
    bet7/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi32,64 Kb.
    #120164
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Referat mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy
    Kadirova Shahzoda 2-sinf dars taqdimoti, 286-7-96-OB2023-son, dilshod, Mavzu Raqamli axborotlarni qayta ishlashda Fure usuli va dinami
    Bolalar ijodini o`rganish metodi
    Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu
    sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.

    Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o`rganish manbai ko`p bo`lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo`yicha konkurslar, maktablar bo`yicha ko`rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.


    Test, so`rovnomalar metodi
    Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha "tekshirish" ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
    O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.
    Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang -barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.



    Download 32,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 32,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy tadqiqot metodlari

    Download 32,64 Kb.