Maktab o`quv rejasida texnalogik ta’limining tutgan o‘rni.
Mehnat ta’limi o`qituvchilarini tayyorlash o`quv planida umumiy ta’lim fanlari va maxsus fanlar siklini o`qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlar siklini umumtexniq texnik va pedagogik fanlarga ajratish mumkin.
Umumtexnika fanlari (texnik mexanika asoslari, mashinashunoslik asoslari, elektrotexnika va elektronika asoslari) texnik fanlar bo`yicha bilimlarni egallashga asos bo`ladi. Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunosliq ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash va avtomat-lashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromontaj ishlari va elektr bi-lan ishlaydigan maishiy priborlar va hokazolar ham texnik fanlar jumlasiga kiradi.
Mehnat ta’limi o`qituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, mehnat ta’limi va kasbga yo`llash metodikasi, chizmachilik va rasm o`qitish metodikasi, maktab gigienasi kabi fanlarni o`rganishda amalga oshadi.
Shunday qilib, mehnat ta’limi o`qituvchisini tayyorlashda «Mehnat ta’limi metodikasi» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlarni (pedagogika, psixologiya, slesarlik ishi va hokazolarni) takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin boғlanishda bo`ladi. Shu sababli oldindan inson psixik faoliyatining, o`quv jarayonini tashkil qilishning umumiy qonuniyatlarini, shuningdeq sanoat ishlab chiqarishi texnikasi, texnologiyasi tashkil qilinishi va ekonomikasi asoslarini egallamay turib «Mehnat ta’limi metodikasi» kursiyai o`zlashtirib bo`lmaydi.
Bo`lajak o`qituvchi «Mehnat ta’limi metodikasi» kursini o`rganar ekan, umumiy ta’lim maktabidagi mehnat ta’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo`llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo`yicha o`quv jarayonining tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasini egallashi kerak.
«Mehnat ta’limi metodikasi» kursining alohida roli shuki, o`quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga yaxshi munosabat tarkib topishi uchun ob’ektiv qulay sharoitlar vujudga keladi. Bo`lajak o`qituvchiga ana shu sharoitlardan qanday qilib to`la foydalanishni ko`rsatish kurs-ning vazifalaridan biridir. Mehnat ta’limi metodikasi pedagogika fanining tarmoғi sifatida o`z ob’ektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.
Mehnat ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o`quv materialining mazmuni, o`qitish metodlari, o`quvchilarning bilish faoliyati, o`qitish natijalari va boshqalar o`rganish ob’ekti hisoblanadi. Bu jarayonning hamma tomonini o`rganish o`quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Pedagogika fanining tarmoғi sifatidagi mehnat ta’limi metodikasi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo`yiladi:
Mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
Mehnat ta’limi vazifalari fan va texnikaning rivojlanish tendensiyalariga, hozirgi zamon ishlab chiqarishining yoshlarni mehnatga tayyorlash borasidagi talablariga ham boғliq ravishda belgilanadi.
Mehnat ta’limi jarayonida o`quv materialining mazmuni bilan belgilanadigan o`ziga xos ta’limiy vazifalar, ya’ni metall qirqadigan va yoғochga ishlov beradigan turli asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini o`rgatish vazifalari ham hal qilinadi. Mehnat ta’limi jarayoni o`quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon berishi kerak.
2. Uquv materiali mazmunini asoslash. Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar hajmi benihoya katta.
Shunday qilib, katta hajmdagi bilim va malakalardan umumiy ta’lim talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va o`quvchilarda o`rganiladipan ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo`llanishi haqida to`ғri tasavvur hosil qila oladiganlarini ajratib olishga to`ғri keladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, o`quv programmasining mazmuni o`zgarmasdan qolmaydi.
O`quv materiallarini sistemaga solish alohida muammodir. Gap shundaki, fan va o`quv jarayonidagi «sodda» va «murakkab» tushunchalari bir xil emas. Shunday kilib, o`kuv materialini sistemaga solishda fanning tuzilishi sistemasini to`ғridan-to`ғri ko`chirib olmasliq balki ta’lim-tarbiya vazifalarini nazarda tutish kerak. O`qitish metodikasi bu muhim talabni bajarishning eng samarador yo`li va vositalarini topishi keraq bu esa maktab fani mazmunini asoslash va o`quv programmasini tuzish uchun ham zarurdir.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish.
Uquv jarayonini tashkil etishning prinsip va usullarini ishlab chiqishda mehnat ta’limi metodikasi boshqa o`quv fanlarini o`kitish tajribasidan, shuningdeq didaktik tadqiqotlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. O‘quvchilar mehnatining natijalarini baholashda boshqa fanlar uchun muxim bo`lmagan: mehnat havfsizligi qoidalariga rioya etish, ish o`rnini tashkil kilish, mehnat usullarini to`ғri bajarish singari qator faktorlarni xisobga olishga to`ғri keladi
Maktab praktikasida o`quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy: frontal, brigada va individual formalari o`zining ijobiyligini ko`rsatdi.
Ma’lumki, agar mehnat topshiriғi ijtimoiy foydali qimmatga ega bo`lmasa, o`quvchilarning uni bajarishga qiziqishlari ancha susayadi.
Keltirilgan misollar o`quv jarayonini tashkil etish bo`yicha mehnat ta’limi metodikasi oldida mas’uliyatli vazifalar turganini ko`rsatmoqda.
4. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma vazifalarni hal qilishda mehnat ta’limi metodikasi quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi.
1)
|