• Eksperiment.
  • Ilg’or pedagogik tajribani o`rganish va umumlashtirish.
  • Nazariy tadqiqotlar.
  • Referati mavzu: Maktab o’quv rejasining mazmuni. Texnologiya fanining o’quv rejadagi o’rni. Reja




    Download 27,34 Kb.
    bet5/5
    Sana20.02.2024
    Hajmi27,34 Kb.
    #159144
    TuriReferat
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Soliyeva Mohichehraning referati

    Kuzatish. Kuzatish ilmiy bilish metodi sifatida shu bilan xarakterliki, kuzatish jarayonida tadqiqotchi o`quz jarayonining borishiga aralashmay, faqat nima sodir bo`layotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi. Shundan keyingina bevosita kuzatishlarga kirishadi. 2)Eksperiment. Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi vujudga keltiradigan jiddiy, aniq sharoitlarda o`tkaziladi. Didaktik eksperimentning tipik formalari sifatida odatdagi sharoitda sinf (o`quv ustaxonasi) dagi dars va o`quvchilarning uncha katta bo`lmagan gruppasi bilan o`tkaziladigan eksperimental mashғulotlar xizmat qiladi.

    Ana shu formalardan har birining o`z afzalligi va kamchiliklari bo`ladi. Tajriba darslari butun sinf (gruppa) bilan ishlashga doir qandaydir tavsiya tekshirilayotganda ayniqsa samarali o`tadi.


    Ob’ektiv ma’lumotlar to`plash uchun eksperimentlar vaqtida har xil pribor va apparatlar keng qo`llanadi.
    3) Ilg’or pedagogik tajribani o`rganish va umumlashtirish. Ilg‘or pedagogik tajriba metodikaning pedagogika fani tarmoғi sifatida rivojlanishining muhim manbai bo`lib xizmat qiladi. Ilғor o`qituvchilarning ish tajribasini o`rganish, uni ilmiy analiz qilish o`quv jarayonini samarali tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
    4) Nazariy tadqiqotlar. Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari yoki eksperiment yo`li bilan tadkiq qilib bo`lmaydigan masalalarni hal qilishga ham to`ғri keladi. Masalan, o`quv materialining mazmunini asoslash praktikada to`plangan bilim va malakalarning tegishli kompleksini o`rganishdan boshlanadi. Bu holda tadqiqot analiz metodi bilan o`tkaziladi, ya’ni bilim va malakalarning butun kompleksi alrhida elementlarga ajratiladi. Shundan keyin xamma elementlar ichidan o`quv programmasi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi, ya’ni analizga teskari jarayon — sintez sodir bo`ladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot metodlaridir.O‘quv jarayonini tashkil etishda metodika pedagogika, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, gigiena va pediatriya ma’lumotlariga tayanadi. Bu fanlarning ma’lumotlaridan foydalanib ish rejimi, mashqlarning xarakteri masalalari hal qilinadi, asboblar hamda jihozlarga doir normativlar ishlab chikiladi va hokazo
    Oliy ta’limning о‘quv-meyoriy xujjatlariga о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kiradi.

    О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi о‘quv rejasi.


    Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Namunaviy о‘quv reja tayanch о‘quv rejasi asosida tuziladi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mо‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi о‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
    О‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
    - о‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
    - ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari tartibi;
    - о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;
    - har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
    - har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
    - praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
    О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish daraja-sini yorituvchi meyoriy hujjat.
    О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin. Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim
    standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:
    - ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
    - о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
    - kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
    - dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;
    - fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar;
    - о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati;
    - tavsiya etiladigan adabiyotlar.

    Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.


    Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi.
    Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.

    О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


    Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
    О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
    О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.

    О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.


    О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.

    Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.


    Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.
    Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.
    Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
    Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.

    Download 27,34 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 27,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referati mavzu: Maktab o’quv rejasining mazmuni. Texnologiya fanining o’quv rejadagi o’rni. Reja

    Download 27,34 Kb.