• Registrlar va ularning turlari
  • Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi. Reja




    Download 20.56 Kb.
    bet1/4
    Sana09.11.2023
    Hajmi20.56 Kb.
    #96241
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Registrlar va ularning turlari, vazifalari. MUSTAQIL ISH
    4 2 шартнома Ingliz tili maxsus, 2-Amaliy mashg’ulot, sogligimiz boyligimiz, WORD, Maqola Mahkaova D. La-Shatele prinsipi, Suspenziyalar turi, asdsada, rus tilitest javoblar, Geografiya tabiatshunoslik @uqituvchiga hujjat, oquv reja, web 11.09.23, 82151, OILADA MADANIY XULQ-ATVOR KO\'NIKMALARI VA ODATLARINI RIVOJLANTIRISH, astronomiya 11 uzb www.ilmlar.uz

    Registrlar va ularning turlari, vazifalari



    REGISTRLAR VA ULARNING TURLARI, VAZIFALARI, 

    TASNIFI. 

    Reja: 
    1. Registrlar va ularning turlari 
    2. Registrlar turlari va tasnifi
    3. Mikroprotsessorning sistemali registrlari 
    Registrlar va ularning turlari 
    Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish 
    va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha
    so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. 
    Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar
    ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar 
    to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga
    teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos 
    razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular
    quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
    1) Sonning kodini o‘zgartirish;
    2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
    3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
    4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
    Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga
    bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi 
    impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar
    konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
    Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: 

     xotira (siljitmaydigan) registr;


     siljituvchi registr. 
    Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
    Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni 

    kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi.


    Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va 
    mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.
    Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta 
    razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi
    mumkin.
    Parallel kodlarda;
     Ketma – ket kodlarda.
    Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining
    kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi 
    ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi.
    Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma 
    trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi


    shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib


    boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son 
    (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib
    bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali 
    parallel kodli shinaga uzatiladi.
    Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. 

    “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad


    siljitish uchun n marta siljituvchi impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr 
    yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga aylantirish mumkin. Sonni
    chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini kechiktiruvchi 
    element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak.
    Ko‘pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi 
    paytda registrlar integral mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.
    Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta 
    turg‘un holatga ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik
    qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo‘lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari 
    bog‘lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi
    sifatida qo‘llaniladi.
    Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un
    holidan ikkinchi turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, 
    ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga
    muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli kirish rejimi qo‘llanildi. Buning 
    uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
    Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib 
    turishi mumkin. Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va
    jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. 
    Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi.
    Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish signalining 
    o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin.
    Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq 
    momentida sinxron signal berilgandagina o‘zgaradi.


    Download 20.56 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Registrlar va ularning turlari, vazifalari, tasnifi. Reja

    Download 20.56 Kb.