Reja: 1 elektr tokining inson organizimiga ta’siri




Download 0.64 Mb.
Sana31.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#68149
Bog'liq
yerga oluvchi qurilmalar montaji
Algebra. 9-sinf (2014, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov), Maksudov Sherzod Ravshanbayevich, Uzaqbaeva Jadira 3B Metrologiya, biologik-suyuqlik-tarkibida-mavjud-bo-lgan-moddalarning-nacl-va-oqsil-suvsizlanish-bug-lanish-kinetikasi (1), Tavsifnoma, mavzu-14, Меҳнат гигиена ОН, Dasturlash-boyicha-savol-javob-kodeksi, 25297, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fan um-fayllar.org, 3-T (1), Accommodation and audience design, 19 FASHION, Ozgarmas-tok-mashinalari.

YERGA ULOVCHI QURILMALAR MONTAJI.

REJA:

1 ELEKTR TOKINING INSON ORGANIZIMIGA TA’SIRI.

2. YERGA ULOVCHI QURILMALAR


3. HIMOYALASH UCHUN YERGA ULASH ISH SXEMASI.


ELEKTR TOKINING INSON ORGANIZIMIGA TA’SIRI


Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan ko‘rish va sezish imkoniyati yo‘qligi uchun, elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlaridan unumli foydalanish nihoyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Elektr toki faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir inson uchun zarur hisoblanadi.

A) Elektr tokining tYermik ta’siri-inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, nYerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.
B) Elektrolitik ta’sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xusu-siyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
V) Elektr tokining biologik ta’siri - bu faqat tirik organizm uchun xos xususiyat hisoblanib, bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizdagi bioelektrik (inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi) jarayonlar buziladi va tok urish holati vujudga keladi.
ELEKTR TOKI TA’SIRI IKKI GURUHGA BO‘LINADI.
A) Mahalliy elektrik ta’siri natijasida:
- kuyib qolish, organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi;
- elektr belgilari hosil bo‘lishi - tYerining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish rangli 1-5 mm belgi paydo bo‘lishidir;
- tYerining metallashib qolishi - bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi.

O‘lchov transformatorlari (tok transformatorlari) tokni va (kuchlanish transformatorlari) kuchlanishni o‘zgaruvchan tok qurilmalarida o‘lchashuchun xizmat qiladi. Kuchlanish transformatorlarining birlamchi chulg‘ami ulchanadigan tarmoq kuchlanishiga parallel ulanadi tok transformatorlari ketma–ket. Transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amiga o‘lchov asboblari va rele tizim avtomatikasi ulanadi.


O‘lchov transformatorlari asboblarni elektr qurilmalari kuchlanishidan ishonchli izolyasiyalaydi, bu xavfsiz ishlatilishini ta’minlaydi, bevosita kuchlanish va toklaro‘zgarishini standart asboblar bilan o‘lchash va ularning izolyasiyasini engillashtirish imkonini beradi.
Transformatorlarning ikkilamchi chulg‘ami me’yorli 5 Aga tayorlanadi, kuchlanish transformatorlari – ikkilamchi chulg‘ami 100V kuchlanishiga tayorlanadi.
660V va o‘ndan yuqori kuchlanishli qurilmalarda o‘lchov transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari erlanadi, elektr qurilmalarning ishchi kuchlanishi ikkilamchi zanjirda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar orasida izolyasiyada sizish sodir bo‘lmasligi uchun kafolatlovchi uskunahisobilanadi.
Tok transformatorlari. Tok transformatorlari bir o‘ramli va ko‘p o‘ramli bo‘lishi mumkin. Bir o‘ramli transformator toklarida birlamchi o‘ramni bitta o‘tkazgich tashkil qiladi yoki bir o‘ram. SHo‘nga qarab ular quyidagilarga bo‘linadi:
-o‘zakli (birlamchi chulg‘am – o‘zak dumaloq kesimli);
-shinali birlamchi chulg‘amo‘rniga markaziy teshikdan izolyasiyalagichidan taqsimlagich jihozning (RU) shinasiga o‘tkaziladi);
-kiritib o‘rnatiladigan (ular o‘zakli hisobilanadi, birlamchi chulg‘am tok o‘tkazuvchi o‘zak utuvchi apparat izolyatori).
Ko‘p o‘ramli tok transformatorlari (birlamchi chulg‘amlari )
quyidagilarga bo‘linadi:
- o‘zakli (birlamchi chulg‘am-o‘zak, dumaloq kesimli o‘zakli);
- shinali (birlamchi chulg‘am o‘rniga markaziy teshikdan o‘ning izolyasiyasi ichidan taqsimlagich jixozning (RU) shinali o‘tkaziladi;
- kiritib o‘rnatiladigan ular o‘zakli hisobilanadi, birlamchi chulg‘am keltiruvchi o‘zak o‘tuvchi apparat izolyatori).
Ko‘po‘ramli tok transformatorlar (birlamchi chulg‘amlari bir necha o‘ramdan iborat) quyidagicha bo‘ladi:
- g‘altakli (o‘zak g‘altagi-yakka o‘qli chulg‘am ko‘rinishida joylashtirilgan);
- tugo‘nli(birlamchi chulg‘am tugo‘n shaklida);
- bo‘g‘inli (chulg‘amlar o‘rnashini bo‘lim zanjirini eslatadi).
Eng ko‘p tarqalgan tok transformatorlari: TPL-6, TPL-10, TPOL-10, TPLU-10, TPOLM-10, TSNL-10, TSNLP-10, TPSNL-10.
Ularning belgilaridagi xarflar quyidagini bildiradi:
T- tok transformatorlari, K- g‘altakli, A-smolali quyma izolyasiyali, P-kirib o‘tuvchi, O-bir chulg‘amli, U-kuchaytirilgan, SN-shinali; xarflardan keyingi sonlar kasrli kuchlanish kV da;tok transformatorlar q.t. xolatda ishlaydi: ikkilamchi chulg‘amlar uzilishi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- o‘zak qizishiga va po‘latda yo‘qotilish (to‘yinganligi sababli) keskin oshib kettishi sababli transformatorlar kuyadi;
- tok transformatorlari oshiruvchi xisobilangani sababli o‘ta kuchlanishda xizmat qiluvchilar uchun xavfli.
Tok transformatorlari kuch transformatorlaridan ikki o‘ziga xosligi bilan farqlanadi:
- qisqa tutashishga yaqin, sharoitda ishlaydi, cho‘nki ularning ikkilamchi zanirlaridagi qarshiligi juda kichchik;
- birlamchi tok keng ko‘lamlichegarada o‘zgarganida ikkilamchi zanjirda yuklamaga bog‘liqlisiz, TT ikkilamchi chulg‘ami qaysiga ulanganiga ko‘ra birinchiga proporsional ravishda o‘zgaradi.


9.1 – rasm. Tok transformator sxemasi.
TT larni bir o‘ramli va ko‘p o‘ramli transormatorlar deb farqlanadi. Bir o‘ramli TT da birlamchi o‘ram o‘zak shinalar yoki shinalar paketti sifatida, bajarilishi mumkin. SHo‘nga misol sifatida TPOL-10 to‘rdagi me’yorli kuchlanishi 10 kV tok transformatori hisobilanadi (9.2-rasm), u kiritish izolyator kabi liniya bir xonadan boshqalariga o‘tishdagi kabi.


9.2-rasm. TPOL-10 to‘rli bir o‘ramli tok transformatori

SHo‘nday qilib, tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari doimo (uchlari) berk tutashgan bo‘lishi lozim. Kerak bo‘lganida ular oralig‘iga (tok transformatoridan iste’mol qiluvchi, o‘lchov asboblari yig‘ib olinganida, transformatorlar uchlariga qisqa berktgich o‘rnatiladi).


Bir uramli TT lar kiritishli bo‘lishi mumkin, bo‘nday holatda tok uzatgich o‘zak va boshqa apparat izolyatori yoki qurilma (o‘chirgich, kuch transformatori, o‘tish izolyatori va bosh.)lardan foydalinadi. Kiritishli TT lar qo‘llanilishi katta iqtisodiy samaradolrikni yaratadi.
Kuchlanish transformatorlari. Kuchlanish o‘lchov transformatorlari fazalar soniga qarab, bir fazali va uch fazaliga bo‘linadi, izolyasiyasiga ko‘ra quruq va moyli, ikkilamchi chulg‘amlari soniga qarab, bir chulg‘amli va ikki chulg‘amli bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan o‘lchov kuchlanish transformatorlari: NOS-0,5; NOSK-6, NOM-10; NOM-6; NOM-35; NTMI-10. Bu belgilardagi xarflar: N-kuchlanish transformatori, O-bir fazali, T-uch fazali, S-quruq, K-kompao‘nd quymali, M-tabiiy moyli sovo‘tish, I-o‘lchov zanjirlari uchun; sonlar- birlamchi chulg‘am kuchlanishi; kV. 9.3-rasm, bir fazali NOM-10 va 16.4- rasmda uch fazali NAMI-35 antirezonansli kuchlanish transformatori tasvirlangan. O‘ning magnit o‘tkazgich bo‘lib, sovuq yassilangan yupqa po‘lat, zirxli izolyasiyalangan plastinalardan to‘plangan, o‘zak yaqiniga ikkilamchi kuchlanish chulg‘ami joylashtirilgan. CHulg‘amlar uchlarini chiqarish uchunbakning qopqog‘i 4 da, o‘tuvchi farfor izolyatorlar 2,3 o‘rnatilgan.


9.3-rasm. a) - bir fazali NOM-10; b) - uch fazali NTMI-10; 1 - bak; 2 - YUK chulg‘amlar chiqishi; 3 - YUK izolyator; 4 - PK chulg‘amlar chiqishlari; 5 - erga zaminlagich bolt; 6 - moy qo‘yish uchun tiqin; 7 - moy tukish uchun tiqin.

Bir fazali moyli kuchlanish transformatori, himoya zanjirdagi elektr va o‘lchovasboblariga va izolyasiyalangan va erlangan neytralli tarmoqlarda signalizatsiya o‘lchov signallarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0.


Uch fazali kuchlanish transformatorlari uch o‘zakli va besh o‘zakli magnit o‘tkazgichli (NTMN) qilib tayyorlanadi. Birinchisi o‘lchov asboblarini va relelarni, ikkinchisi doimo ikkita ikkilamchi chulg‘amga ega, ulardan bittasi yulduzcha shaklida ulanadi va o‘lchov asboblari va relelarni ulash uchun foydalaniladi. Qolgan hamma uchchala faza chulg‘amlari ketma-ket ulanadi (bo‘nday ulanish “ochiq uchburchak” deb ataladi). Bu chulg‘am tarmoq izolyasiyasini nazorat qilish uchun foydalaniladi.


9.4- rasm. NAMI-35 rezonansga qarshi uch fazali kuchlanish transformatori.

Uch fazali antirezonansli moyli NAMI-35UXL1 rusumli kuchlanish transformatori 50 Gs chastotali o‘zcharuvchan uch fazali tokli neytrali izolyasiyalangan yoki kompensatsiyalangan elektr tarmoqlarida boshqarish, signal berish, himoya, avtomatika jihozlari va axborat asboblariga ulchangan signallarni berish maqsadiga mo‘ljallangan.


Ish me’yorli olib borilayotganida barcha fazalar kuchlanishi nolga teng. Tarmoqning birorta fazasi erlanib qolganida, chulg‘amlar qisqichlarida kuchlanish paydo bo‘ladi, bu kuchlanish ikki nuqsonsiz fazalar kuchlanishlari geometrik yig‘indisiga proporsinal ravishda bo‘ladi. Bu kuchlanish ta’sirida ochiq uchburchak ulangan chulg‘amlar uchiga ulangan rele tarmoq nosozligi (erlangani xaqida) haqida ishora (signal) beradi yoki elektr qurilmani uchiradi.
Besh o‘zakli transformatorlar chulg‘amlar soniga qarab quyidagiga ega:
-yuqori kuchlanishi to‘rtta uch (uchta faza va erga zaminlagich berk zanjirga ulash uchlari);
-past kuchlanishli to‘rtta uch, yulduzcha ulangan (uchta faza va nol nuqtada);
-ikkita chulg‘am uchlari ochiq uchburchak ulangan.
Kuchlanish transformatorlari salt ishlatilish holatga yaqin, sharoitda ishlaydi. Ularning me’yorli quvvati, qizitish bilan ulchanadigan chegaraviy quvvatdan birnecha barobarga kam.TN larning asosiy paramettirlari qyidagilar hisobilanadi: chulg‘amlar kuchlanishi, transformator kuchlanishi,birlamchi chulg‘amlar me’yorli kuchlanishiga teng, transformatsiya koeffitsiynti-birlamchi me’yorli kuchlanishiga nisbatan ikkilamchi me’yorli kuchlanishga, ikkilamchi yuklama, burchak va kuchlanish hatoligi.
GOST 7746-787 ga mos ravishda TN qo‘yidagi sharoitlarda sinf aniqligini qoniqtirishi lozim:

  1. ikkilamchi chulg‘amdan uzatiladigan, quvvat o‘zgarishi, qo‘yidagi chegaralarda 0,25(U1/U1nom() )2x Rnom dan (U1/U1nom() )2x Rnom gacha.

bu erdaU1- tarmoq kuchlanishi; U1nom- transformatorning me’yorli kuchlanishi; Rnom - transformatorning me’yorli quvvati;

  1. yuklama quvvat koeffitsienti 0,8;

  2. chastota 50 Gs.

Vazifalanishiga ko‘ra kuch transformatorlarini ulash uchun har xil sxemalar qo‘llanilishi mumkin.
Uch fazal kuch transformatorlarga hisoblagichlarni ulash tavisiya qilinmaydi, cho‘nki ular odatda nosemetrik magit tizimli va hatoligi yuqorilashgan. Bu maqsad uchun iloji boricha bir fazali noto‘la uchburchak ulangan transformatorlar guruhi o‘rnatilishi lozim.
O‘lchov tok va kuchlanish transformatorlarga xizmat ko‘rsatish TIQ va THQ ga asosan, belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak va muddat elektr xo‘jalik raxbari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarini ko‘zatilganida kontaktlar ulanish xolatiga e’tibor berishi kerak. Kontaktlar haroratini kontaktlar rangiga qarab, baho beriladi. Qizish xarorati (3.2. Jadval) [12] ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak. Izolyasiya xolati sinchiklab tekshiriladi, cho‘nki o‘lchov transformatorlarining 50% dan ko‘pining ishdan chiqishiga izolyasiya teshilishi (proboy izolyasyasi) bilan bog‘liq. Bu nosozlik izolyasiyaning ifloslanishi natijasida sodir bo‘ladi. Transformatorlar farforlarining yoriqlari yo‘qligi, farfor kemtiksizligi, armirovkalar butligi asosan qish faslining past haroratlarida tekshiriladi. Zarur holatlarda o‘lchov tok va kuchlanish transformatorlari ta’mirga chiqariladi. Transformatorlarkontakt uchlariga moy kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Moy umumiy xajmining 10% kamayganida toza moy bilan me’yorli ko‘rsatkichgacha to‘ldiriladi. Quyidagi rusumli transformatorlarning ikkilamchi toki: NTSI, NTSI 0,5-2A; NTI-6, NOM-6 2-2,5A; NTMK-10, NOMI-103-3,5A; NTMI-10 3-4A;
CHulg‘amlar va magnit o‘tkazgich harorati 25oS dan oshmasligi kerak. Kuchlanish transformatorlarning yaroqligini salt toki o‘lchov xulosasiga ko‘ra aniqlanadi, o‘ning ko‘rsatkichi o‘ramlarda birlashish mavujudligiga bog‘liq.
Ikkilamchi chulg‘am katta toklar oqib o‘tishiga mo‘ljallanmagan bo‘lganligi sababli, o‘lchovni qisqa vaqt ichida olib borilishi kerak.
Nochiziqli o‘ta kuchlanishdan cheklagich apparatlar. TQ uskunalarni va HL chiqishlarida har bir chaqnashlarda rele himoyalari ishlatilishiga olib kelganida, qarab chiqishlarida, nochizikli o‘ta kuchlaniщdan cheklagichlar (O‘KCH) va vettilli razryadnikni (VR) qarabchiqish o‘tkaziladi. O‘KCH vaRV larni qarab chiqishda asosiy e’tiborni farforli pokrishkalarining konstruksiyasi zich berkligiga qaratiladi, cho‘nki namlik apparat ichiga o‘tishi, o‘ning ishonchli ishlatilishini keskin pasaytirib yuboradi. Apparatning zich berklikligi bo‘zilganlik belgilari farforli qobiqda yoriqlar va kemtiklar borligi, farforli qobiqlardagi armirovka va gardishlar oralig‘idagi choklarining shikastlanishi, va yana ko‘p elementli apparatlar va gardishlar orasidagi zichlikning kuchsizlanganligi. Ko‘rsatilgan jarohatlar borligi aniqlanganida apparat ta’mirlashga chiqariladi. Polimerli qobiqli apparatlar konstruksiyasi zich berklikni yaxshi saqlaydi va ishlatilishida ishonchliroq hisobilanadi.

9.5- rasm. O‘ta kuchlanishdan cheklagichining 6-10 kV HL ga ulanishi ko‘rsatilgan.
Vettilli razryadnik (VR) va nochiziqli o‘ta kuchlaniщdan cheklagichlarni (O‘KCH) taqsimot uskunalarini va ishlovchi jihozlarni aylanib ko‘zatishda va yashin chaqnashlarida HL chiqishilarida rele himoyalari ishlabuchishlar bo‘lganda navbatdan tashqari tekshiriladi va bu nazoratda farforli qoplagichlari borligiga asosiy diqqatni qaratish kerak, konstruksiyasi zich berkligi buzilishi,bo‘lar ichiga namliko‘tishi apparatni birdan ishonchli ishlatilishini pasaytiradi. Apparatning zich berkligi bo‘zilgani farforli qoplamada yoriq kemtiklar borligi dalolat beradi armato‘raning shikasttlanishi, gardish qoplama choklari qopqog‘i yanako‘p elementli apparatlar nuqsonlari ko‘p bo‘lsa apparat ta’mirga chiqariladi. Polimerli qoplamali apparatlar konstruksiyasi berk zichlikni yaxshi saqlaydi va ishlatilishida yuqori ishonchli deb hisobilanadi. VR va O‘KCH izolyasiyasi sizilishdan ogoh bo‘lish uchun farforli va polimerli qoplamalar yuzlari tozaligi ko‘zatilishi kerak. CHo‘nki sezilarli ifloslik qoplama yuzasi bo‘yicha kuchlanish taqsimlanishini buzadi va uskuna me’yoriy kuchlanish ostida bo‘lganida ham tokning sizish imkoniyatini oshiradi. Har mavsumiy davrda yashin chaqnashlari boshlanishidan oldin o‘ta kuchlanishga oid taqsilash qurilmalari (TQ) jihozlari himoyasiholatini tekshirish o‘tkaziladi. Iste’molchilarda yashindan uchish va uskunalar jarohatlanish holatlari qayd qilib borilishi kerak. Qayd qilingan ma’lumotlar ko‘rsatkichlariga qarab himoya ishonchligi baholanadi. Zarur bo‘lganda o‘ning ishonchliligini oshirish bo‘yicha tashkiliy tadbir ishlab chiqiladi. VR va O‘KCH barcha kuchlanish sinflarida doimo ulangan bo‘lishi kerak. TQ larda VR lar qish mavsumida uchirilishi mumkin. Agar faqat yashin chaqnashi o‘ta kuchlanishdan himoyalash uchun o‘rnatilgan bo‘lsa, vakuumli o‘chirgichli jihozlarda odatdagidek uskunalarni himoyalash tashkiliy ishlari ko‘zda to‘tilgan bo‘lishi kerak. YUqori kuchlanishli dvigatellar kondensator batareyalar qurilmalari kommutatsion o‘ta kuchlanishdan himoyalanadi.
VR va O‘KCH ishlatilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- VR va O‘KCH izolyasiya qarshiligini o‘lchash;
- VR va O‘KCH tok o‘tkazuvchanligini o‘lchash.
Apparatlarning izolyasiya qarshiligini o‘lchash lagometr bilan bajariladi va ichki namligini aniqlash imkonini beradi. Zanjir uzikligini sho‘ntlardagi rezistorlar va boshqa hamma nuqsonlarini ochib tashlaydi. Tok o‘tkazuvchanligini o‘lchash va VR va O‘KCH ichki detallari namlanganligini ochib beradi. Rezistorlarning nozik tabiati, ya’ni ularning berk zanjirli bo‘lganda yomonlashishini ko‘rsatadi. O‘tkazuvchanlikni o‘lchash kilovoltmetr- milliamperda VR va O‘KCH larni sinash qurilmasida to‘g‘rilangan. Kuchlanish o‘rnatilgan holda sinaladi. VR va O‘KCH sizish kuchlanishini o‘lchash uchqo‘nli oraliqlar holatini va himoya tabiatini razryadnik talab normalariga (binoan) mos ravishda aniqlash maqsadida bajariladi.
Download 0.64 Mb.




Download 0.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: 1 elektr tokining inson organizimiga ta’siri

Download 0.64 Mb.