|
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasining dotsenti Toshboyev To’ychiboy Ubayevichning “ Elektronika asoslari” fanidan “ Tok va kuchlanishning samarali
|
Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 29,5 Kb. | | #106253 |
Bog'liq bayyonnoma 17102023 (3)
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasining dotsenti Toshboyev To’ychiboy Ubayevichning “ Elektronika asoslari” fanidan “ Tok va kuchlanishning samarali qiymatlari, o'zgaruvchan tok zanjiridagi quvvat. Elektr transformatori. ” mavzusidagi 17 oktabr 2023 yil o’tkazgan namunaviy ochiq darsi muhokamasiga bag’ishlangan majlisining
BAYONNOMASI
Samarqand sh.
17.10.2023 y
QATNAShDILAR: kaf.mudiri v.b., dots. S.N.Srajev, professor E.U. Arziqulov, dotsentlar: G’.G’ulomov, T.U.Toshboyev, F.Saloxiddinov, B.N.Shermatov va kafedra lobarantlari.
KUN TARTIBIDA: Toshboyev To’ychiboy Ubayevichning “ Elektronika asoslari” fanidan “ Tok va kuchlanishning samarali qiymatlari, o'zgaruvchan tok zanjiridagi quvvat. Elektr transformatori. ” mavzusidagi o’tkazgan namunaviy ochiq darsi muhokamasi.
EShITILDI: Namunaviy ochiq dars to’g’risidagi ma’lumotlar bilan kafedra mudiri v.b. S.N Srajev tanishtirib o’tdi. Namunaviy ochiq dars muhandislik fizikasi Intellektual MT yo’nalishida ta’lim olayotgan 108 -guruhida 230 auditoriyada 2023 yilning 17 oktabrida 2 juftlikda o’tildi. Jami talabalar soni 16 ta , davomat 100 %. Namunaviy ochiq dars kalendar rejaga asosan o’tildi. Ushbu fan kafedramiz uchun yangi fan hisoblanadi. Bugungi mavzuning nomi “ Tok va kuchlanishning samarali qiymatlari, o'zgaruvchan tok zanjiridagi quvvat. Elektr transformatori. ”
Namunaviy ochiq darsda G.Gulomov, A.A.Eshbekovlar qatnashdi.
Kafedra mudiri v.b. S.Srajev namunaviy ochiq darsning muhokamasida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Bugungi o’tkazilgan namunaviy ochiq dars “Elektronika asoslari” fanidan. Dars mavzu har tomonlama, mukammal yoritilib berilganligini va dars davomida turli pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’rinli foydalanilganligi aytib o’tdi. Shuningdek, namunaviy ochiq dars davomida pedagog tomonidan ba’zi kamchililar ham kuzatildi, bu kamchiliklarni kelgusida tuzatish mumkinligini aytib o’tdi. U namunaviy ochiq darsda qatnashgan kafedra a’zolariga so’z berdi.
Kafedra dotsenti G’.G’ulomov so’zga chiqib, T.U.Toshboyev tomonidan o’tkazilgan ochiq dars, oliy ta’lim standarti talablariga javob berishini, innovasion va pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanilganligini va dars mohiyatini slaydlar yordamida ochib berilganligi to’g’risida gapirib, namunaviy ochiq darsning o’tilishini ijobiy baholadi.
Kafedra dotsenti F.Salohiddinov, T.U.Toshboyev darsda mavzu mohiyatini yetarlicha yoritib berganligini, namunaviy ochiq dars jarayonida talabalar yetarli darajada uslubiy ko’rsatmalar va tarqatma materiallar bilan ta’minlanganligini va dars mohiyati to’liq ochib berilganligini aytib o’tdi.
Barcha so’zga chiqqanlar tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar tinglandi va majlis qatnashchilari tomonidan so’zga chiqqan professor-o’qituvchilarning fikr mulohazalari asosida
QAROR QILINDI:
1. Toshboyev To’ychiboy Ubayevichning “Tok va kuchlanishning samarali qiymatlari, o'zgaruvchan tok zanjiridagi quvvat. Elektr transformatori. ” mavzusida o’tkazilgan namunaviy ochiq dars talab darajasida o’tilgan deb hisoblansin.
Namunaviy ochiq dars
muhokamasi yig’ilishi raisi: dots. S.N. Srajev
Kotib X. Sh. Rajabboyev
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasining dotsenti Toshboyev To’ychiboy Ubayevichning “ Elektronika asoslari” fanidan “ Tok va kuchlanishning samarali
|