|
Telekomunikatsiya texnologilari va kasb ta`limi” fakulteti “axborot xavfsizligi” kafedrasi
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #231791 |
Bog'liq 1tEhlQSZOSKDye8ZVOExCcG4S2b6ZZqn
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND
FILIALI
“TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGILARI VA KASB TA`LIMI” FAKULTETI
“AXBOROT XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI
“Elektronika va sxemalar2 ” fanidan
2- AMALIY ISH
Guruh: AX 22-06
Bajardi: .Ro’ziyev Bunyodbek Shoirovich.
Tekshirdi:O’rinov Jamshid Ortiqovich.
S a m a r q a n d _ 2024
Mavzu: Sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari
Reja:
1.Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari.
2.Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok.
3. O‘zgaruvchan tokning samarali va o‘rtacha qiymatlari.
4. Aktiv qarshilik ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjiri.
5. Induktiv qarshilik ulangan o‘zgaruvchan tok zanjir
6. Sig‘im qarshiligi ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri
7. Aktiv qarshilik va induktiv ulangan tok zanjiri
Kalit so’zlar(sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlari, O‘zgaruvchan tokning samarali va o‘rtacha qiymatlari, Aktiv qarshilik, Induktiv qarshilik, . Sig‘im qarshiligi)
Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish
Texnikada o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va undan foydalanish qulay.O‘zgaruvchan tokni deyarli isrofsiz transformatsiyalash, ya’ni undan uzoqqa elektr energiya uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste’molchi uchun past kuchlanishli elektr toki hosil qilish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan yo‘nalishi va kattaligi jihatidan o‘zgarib turuvchi davriy tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir.
Sinusoidal o‘zgaruvchan tokni quyidagi usulda hosil qilish mumkin.
Bir jinsli magnit maydonga berk o‘tkazgich joylashtirilgan deb faraz qilaylik. Berk o‘tkazgich 900ga berilganda uning
Kundalang kesim yuzini kesib utgan induktsiya oqimi nolga teng bo‘ladi. Magnit maydon kuchlanganligi N bilan o‘tkazgich yuziga utkazilgan n normal orasidagi burchak ( bo‘lganda induktsiya oqimi quyidagiga teng bo‘ladi: Ф = Ф0 cos
Berk o‘tkazgichning aylanishi bir tekis bulib, T davr ichida to‘la bir marta aylansin u holda = 2 t / T = t
bunda = 2 / T o‘tkazgichning burchak tezligi, t - vaqt
Bu ifodani yuqoridagi formulaga qo‘ysak, quyidagi hosil bo‘ladi:
Ф = Ф 0 cos t ya’ni magnit induktsiya oqimi vaqt buyicha o‘zgaradi.
Berk o‘tkazgich aylanishida magnit maydon oqimining o‘zgarishi tufayli induktsiya elektr yurituvchi kuchi vujudga keladi: e = - dФ / dt
Bu yerda F- o‘tkazgich yuzasiga tik yo‘nalgan magnit oqimi. Ifodadagi manfiy ishora E.YU.K. ning hosil qilgan kuchga nisbatan doimo qarama -qarshi yo‘nalganini ko‘rsatadi .
Oqimning o‘zgarishi dФ/ dt = - Ф0 sin t
Binobarin, e = Ф0 t sin t
Shunday qilib, bir jinsli magnit maydonida berk o‘tkazgich bir tekis aylanganida sinusoidal o‘zga ruvchi E.YU.K.vujudga keladi:
|
| |