|
2-‘A’ Ochiq dars o`tkazgan o`qituvchi: Rahimova Rohila Ochiq dars mavzusi: Bo`lish
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 20,49 Kb. | | #233759 |
Bog'liq bayonnoma 1
Urganch shahar 19-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabnida bo`lib o`tgan ochiq dars
BAYONNOMASI №____
13-dekabr 2019-yil Urganch sh
Sinfi 2-‘A’
Ochiq dars o`tkazgan o`qituvchi: Rahimova Rohila
Ochiq dars mavzusi: Bo`lish
O`tkazilgan ochiq dasrda maktab direktori Z. Qutliyeva, o`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Masharipova Sayyora va pedagog xodimlar qatnashdilar.
O`tkazilgan ochiq dars bayoni
Oqituvchi darsni to`g`ri tashkil qildi. Oquvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirdi. O`quvchilarni guruhlarga bo`ldi. O`quvchilarni guruhlarga bo`lishda o`quvchilar Asalari shoxlarini kiyib oldilar.Asalarilar bo`lib guruhlarga bo`lindilar. Oltin qoidalar bilan tanishtidi. Dekabr oyidagi muhim sanalarni aytib o`tdi. O`tilgan mavzu “Ko`paytirish hadlari” mavzusini mustahkamlash uchun guruhlarga topshiriq berdi. 1-g Qo`shish hadlari, 2-g Ayirish hadlari, 3-g Ko`paytirish hadlarini aytib berdi. O`tilgan mavzu yuzasidan “Asalari trenajor mashqini” o`quvchilarni o`zlari kompyuterda bajardilar. Yangi mavzu e`lon qilindi. Bo`lish mavzusini tushuntirish uchun “To`tiqush qafasda” metodidan foydalandi.Bunda oldindan tayyorlab qo`yilgan qafaslarga 8 ta to`tiqush 2 tadan qilib taqsimlandi. Yangi mavzu ekran orqali tushuntirildi. 2-masala guruhlarga bo`lib bajarildi. Bunda “Quvnoq konfetlar” metodidan foydalandi Konfetlarni teng qilib 2 ta taqsimchaga solindi.. 3-masalani mustaqil bajardilar.“Caqqon Olmaxon” metodi orqali bajardilar. Masala shartiga ko`ra 8 ta yongoqni 4 ta olmaxonga bo`lib berdilar. Dam olish daqiqasi o`tkazildi. Vatan haqidagi qo`shiqqa raqsga tushdilar. 4-misolda Sardorlar musoboqasi o`tkazildi. 5-misol “Mosini top” o`yini orqali bajarildi. Misol shartiga ko`ra Jadvaldan javobi bir xil bo`lgan misollarni toppish kerak. Mavzuni mustahkamlash uchun Test sinovi o`tkazildi. Bunda KITOB so`zi kelib chiqdi. O`quvchilarga 5 ta muhim tashabbusning 4- yo`nalishi kitob o`qishga qaratilganligi aytib o`tildi. 5 ta muhim tashabbus haqida she`r aytdilar. Guruhlarga matematika haqida qiziqarli savollar berildi. Guruhlar asalarilar yig`gan kartochkalar hisoblab g`olib guruh aniqlandi. O`quvchilar ham yig`gan rag`batlariga qarab baholari e`lon qilindi. Uyga vazifa 6- misol 7-masala qilib berildi. Darsga yakun yasaldi.
O`tkazilgan ochiq ochiq ma`naviyat soati haqida bildirilgan fikr va mulohazalar:
Darsda o`qituvchi slaydlardan, AKTdan foydalandi. O`qituvchi darsda bir qancha metoddan foydalandi.Asalari trenajor mashqi, test, Caqqon olmaxon, Quvnoq konfetlar, Mosini top, savol javob, kabi metolardan foydalandi. O`qituvchi “Bo`lish” mazmunini to`liq ochib berdi.Qo`shimcha ma`lumotlar ham keltirdi
O`tkazilgan ochiq ochiq ma`naviyat soati ni kuzatib. Metod kengash a`zolari q a r o r qiladi:
__________________________________________________________________________Dars namunali deb topildi.
O`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: ___________________________
|
| |