Qisqacha xulosa
Algoritmning resurs bo’yicha samaradorligini
aniqlash – ishlab chiqilgan
dasturiy ta’minot tahlilining zarur tashkil qiluvchi bosqichi hisoblanadi.
Algoritmlarni resurs bo’yicha samaradorligini
baholashning
ahamiyatli
xususiyatlari ularni vaqt va hajmiy murakkabliklarini baholashdir.
Vaqt bo’yicha algoritm murakkabligi
yomon
holat uchun algoritm
murakkablik funksiyasini asimptotik baholash bilan belgilanadi.
Algoritmning hajmiy murakkabligi
algoritmning
yomon holatdagi hotira
hajmi funksiyasining asimptotik baholanishi bilan belgilanadi.
Algoritmning resurs bo’yicha murakkabligi yomon, o’rta
va yaxshi
holatlarda vaqt va hajmiy murakkablik funksiyalarining (asimptorik qiymatlar bilan
berilgan va qaralayotgan holatga mos) tartiblangan juft sinflari bilan belgilanadi.
Mashaqqatlilikni yaxshi, o’rta va yomon holatlar uchun funksiyalarini tashkil
qilish uchun kirishning belgilangan o’lchamlarida asosiy algoritmik
konstruksiyalar o’rtasidagi farqni inobatga olish lozim.
Rekursiv algoritmlarning resurs bo’yicha samaradorligini
baholashning
alohida jihati hotiraning qo’shimcha sarfini va rekursiyani tashkil qilish
mexanizmini hisobga olishning zarurligi hisoblanadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash strukturasidan
kelib chiqqan holda
protseduraviy dasturlashda bazaviy algoritmlar sinflariga ajratiladi.