• AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING TUZILISH
  • KOMBINATSIYALASHGAN ROSTLASH TIZIMLARI




    Download 328.47 Kb.
    bet3/4
    Sana13.03.2024
    Hajmi328.47 Kb.
    #170651
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ATL mustaqil ish15v
    M.Marjona
    KOMBINATSIYALASHGAN ROSTLASH TIZIMLARI Chetga chiqishlar va g‘alayon bo‘yicha rostlash tizimlarining afzalliklarini o‘z ichiga olgan kombinatsiyalashgan rostlash prinsipiga ko‘ra ishlaydigan tizimlarda asosiy g'alayonni kompensatsiya qilishda g‘alayon uchun ART qoilaniladi. Bunda qo‘shimcha ravishda chetga chiqishlar prinsipiga asoslangan yana bir rostlash konturi ishlatiladi. Bu konturda to ‘g‘rilovchi rostlagich chetga chiqishga nisbatan signal ishlab chiqaradi, signalni o‘z navbatida g‘alayon bo‘yicha rostlash konturining rostlagichi topshiriq sifatida qabul qiladi. Shunday qilib, asosiy g‘alayon ta’siri va tizimda paydo boiadigan xatoga sabab boigan barcha g‘alayonlar tez sur’atlarda kompensatsiya qilinadi. Kombinatsiyalashgan rostlash tizimi ancha aniq rostlash natijasini ta’minlaydi va boshqa tizimlarga qaraganda murakkab, shu sababli chetga chiqishlar bo‘yicha ART talab qilingan darajada aniq rostlashni bajara olmagan holdagina bunday tizimlar qoilaniladi. Kombinatsiyalashgan tizimlar orasida eng mukammali rostlanuvchi kattalikning tizimga ko‘rsatadigan g‘alayonlari ta’siridan ozod etuvchi invariant tizimlardir. Invariantlikka tizimdagi g‘alayonlar ta’siri bo‘yicha aloqalar kiritish orqali erishiladi. Bunda, rostlanuvchi kattalikning stabillashishiga yoki o‘zgarayotgan topshiriqning qayta tiklanish sifati yaxshi- lanishiga intilinadi. Agar mutlaq invariantlik shartlari bajarilsa, rostlanuvchi kattalik g‘alayonlar ta’siriga bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, nol qiymatdan boshqa g‘alayonlar ta’sirida tizimdagi rostlanuvchi kattalikning tebranish qiymati nolga teng.
    AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING TUZILISHI 10.1-rasmda tasvirlangan bir konturli ARTning funksional sxemasini ко‘rib chiqamiz. Chetga chiqishlar prinsipi bo‘yicha ishlaydigan ARTda rostlanuvchi kattalikning ayni va berilgan qiymatlari ayirmasi o‘lchanadi va tengsizlik ishorasiga ko‘ra avtomat rostlagich obyektga nisbatan rostlovchi ta’sir ishlab chiqarib, tengsizlikni yo‘qotadi. Bunday tizim yopiq sikl bo‘yicha ishlab, yopiq tizim deyiladi. Rostlanuvchi obyektning chiqishiga datchik o‘matiladi. Bu maxsus qurilma rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymatini qabul qilib, uni rostlash tizimidagi keyingi bo‘g‘inlarga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartiradi. Datchiklar sodda (bevosita ta’sir etuvchi) va murakkab (bilvosita ta ’sir etuvchi) bo‘ladi. Sezgir element bilan datchik bir bo‘lgan qurilma bevosita ta’sir etuvchi datchik hisoblanadi. Bilvosita ta’sir etuvchi datchiklarda esa bu elem entlar mustaqil ishlanadi. Datchik ishlab chiqargan rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati haqidagi ma’lumot avtomat rostlagichning kirishiga keladi.


    Ayni vaqtda shu ma’lum ot ko‘rsatuvchi, jamlovchiI G‘alayonlar | 10.1-rasm. Avtomatik rostlagich tizimining bir konturli berk funksional sxemasi. (integrallovchi), qayd qiluvchi, signal beruvchi yoki kombinatsiyalashgan ikkilamchi o‘lchash asbobining kirishiga ham keladi. Rostlagich texnologik rejimni saqlab turadi. Tizimda avtomatik rostlagich bo‘lsa, ikkilamchi asbobning bo‘lishi shart emas. Lekin avtomatlashtirishda odamning vazifasi o ‘lchash asboblari, rostlagichlar va ijro etuvchi mexanizmlarning ishini nazorat qilishdan iborat bo‘lgani uchun, ARTda ko‘pincha ikkilamchi oichash asbobidan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida aytilganidek, ba’zan rostlagichlar va oMchash asboblari bir korpusda ishlanadi, bunday rostlagichlar asbob sifatida ishlatiladi. Avtomat rostlagich tarkibiga solishtirish bloki kiradi. Bu datchik va topshiriq beruvchi qurilma signallarini algebraik jamlash (integrallash) amalini bajaradigan qurilmadir. Solishtirish bloki o‘zining chiqishida ayni va berilgan qiymatlar ayirmasiga teng qiymatli signalni, ya’ni tengsizlik qiymatini ishlab chiqaradi. Shuning uchun, solishtirish blokiga keladigan signallarning fizik xossalari bir xil bo‘lishi kerak. Topshiriq beruvchi qurilma — o ‘zining chiqishida rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatiga mutanosib signal ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilma. Ammo tengsizlik signalining quvvati, odatda, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini harakatga keltirish uchun kamlik qiladi. Shuning uchun, avtomatik rostlagich orqali amalga oshiriluvchi rostlash qonuniga muvofiq, bu signal kuchaytirilib tuzatiladi. Bu amalni kuchaytirgich va tuzatuvchi blok bajaradi. Rostlanuvchi kattalik bilan kirish signali o‘rtasidagi funksional bog‘lanish rostlash qonuni deb ataladi. Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga keladi. Rostlagichning buyruq signalini o ‘zidagi rostlovchi organning tegishli signaliga o'zgartiruvchi qurilma ijro mexanizmi deyiladi. Funksional belgilariga ko‘ra, avtomatik rostlash tizimidagi elementlarni quyidagi guruhlarga bo‘lishi mumkin: 1) sezgir elementlar; 2) datchiklar; 3) solishtirish elementlari; 4) topshiriq bergichli yoki boshqaruvchi elementlar; 5) o‘zgartiruvchi elementlar (biror fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarni ikkinchi xil fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarga aylantirishga m o‘ljallangan); 6) kuchaytirgichlar; 7) tuzatuvchi elementlar (tizimni talab qilingan dinamik sifatlar bilan ta’minlaydi); 8) ijro elementlari; 9) stabilizatorlar (tizimning ish paytida berilgan fizik kattalik tebranishlarini stabillashga mo‘ljallangan); 10) signallarni uzatish uchun xizmat qiladigan taqsimlagichlar (turli elementlarni bir-biriga ketma-ket ulashga moMjallangan); 11) hisoblash elementlari (ma’lum texnologik masalalarni yechish va m a’lum matematik amallarni bajarishga mo‘ljallangan). Iste’mol qilinadigan energiyaning turiga ko‘ra, avtomatik rostlash tizimi elementlari elektrik, pnevmatik, gidravlik va kombinatsiyalashgan bo‘ladi. Avtomatik tizimlarning xususiyatlari ularning elementlari xususiyatlariga bogiiq. 18 — N . R. Yusupbekov va boshq. 273 Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifi uning o‘zgartirish koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo‘lgan nisbatiga teng. Avtomatika tizimlarining elementlari qiymat va sifat o‘zgarishlarni bajaradi. Qiymat o‘zgartirishlar, kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat o‘zgartirishlarda bir fizik kattalik ikkinchisiga o‘tadi. Bu holda o ‘zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. Avtomatika elementining yana bir muhim xarakteristikasi — element (kirish kattaligi o ‘zgarishiga bog‘liq boim agan) chiqish kattaligining o ‘zgarishidan hosil boigan o‘zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab — atrofmuhit haroratining ta’minlash kuchlanishining o ‘zgarishi va hokazolar boiishi mumkin. Element tavsiflarining o‘zgarishi natijasida paydo boigan xato nostabillik deb ataladi. Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o‘zgartirish xususiyatiga ega boigan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan ham xarakterlanadi. Elementlaming sanoatda ishlatilishida o‘z parametrlarini y o i qo‘yilgan chegaralarda saqlash xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va ishlab chiqarilgandan so‘ng ishlatish jarayonida sinaladi.


    Download 328.47 Kb.
    1   2   3   4




    Download 328.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KOMBINATSIYALASHGAN ROSTLASH TIZIMLARI

    Download 328.47 Kb.