CHETGA CHIQISHLAR BO‘YICHA ROSTLASH




Download 328.47 Kb.
bet2/4
Sana13.03.2024
Hajmi328.47 Kb.
#170651
1   2   3   4
Bog'liq
ATL mustaqil ish15v
M.Marjona
CHETGA CHIQISHLAR BO‘YICHA ROSTLASH Chetga chiqishlar bo‘yicha rostlash prinsipidan birinchi marta (1765- yil) 1.1. Polzunov o‘zi yaratgan bug‘ mashinasi qozonidagi suv sathini rostlash tizimida foydalangan. 1784-yilda J. Uatt ham bug‘ mashinasi valining aylanish tezligini rostlash tizimida shu prinsipni qoilagan. Polzunovning qalqovichli rostlagichi va Uattning markazdan qochma rostlagichida bir-biridan mustaqil ravishda bir prinsip qo‘llanilgan bo‘lib, bu prinsip Polzunov — Uatt rostlash prinsipi (yoki chetga chiqishlar bo‘yicha rostlash prinsipi) nomini olgan. Bu prinsipning mohiyati shundaki, rostlash jarayonida rostlagich rostlanuvchi obyektga rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlari orasida tengsizlik hosil bo‘lgandagina o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu prinsipni amalga oshiruvchi avtomatik tizim berk tizimdir, chunki signal rostlanuvchi obyektning chiqish qismidan tengsizlikni qayta ishlab, obyektning kirishiga ta’sir ko‘rsatuvchi avtomatik rostlagichning kirish qismiga keladi. 0 ‘lchovning chetga chiqish qiymatini kuchaytirish tizimni murakkablashtirishga olib keladi. Xatoning qanday g‘alayonlar ta’sirida paydo bo‘lishidan qat’i nazar, avtomatik rostlagichning bu xatoni qayta ishlashi ushbu tizimning afzalligi hisoblanadi. Bu xususiyat muhim ahamiyatga ega, chunki sanoatdagi rostlanuvchi obyektlarga qanday g'alayonlar ta’sir qilishini awaldan bilish mumkin. Chetga chiqishlar bo‘yicha rostlash prinsipini amalga oshiruvchi ARTlaming yana bir afzalligi bitta rostlovchining ta’sirida bir necha g‘alayonlarning zararli oqibatini yo‘qotish mumkin. Bu prinsipning kamchiligi shundaki, g‘alayon paydo bo‘lish bilan ular boshqariluvchi parametrga ta’sir qilmay, balki rostlanuvchi obyektning dinamik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan vaqt o'tgandan so‘ng ta ’sir ko‘rsatadi. Avtomatik rostlagich biroz kechikib ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli rostlanuvchi parametr belgilangan qiymatidan anchagina chetga chiqishga ulguradi. Bu hollarda rostlovchining ta ’sirini jadallashtiruvchi avtomatik rostlagichlar yaratish yo‘lidan borish mumkin. Ammo bunday rostlagichlar tengsizlikni butunlay kompensatsiya qilibgina qolmay, balki uning teskari yo‘nalishda rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli chetga chiqishlar bo‘yicha ishlaydigan ARTlari uchun rostlanuvchi parametr qiymatining berilgan qiymatga nisbatan tebranishlari bilan ifodalanuvchi oraliq jarayonlar xarakterlidir. Chetga chiqishlar bo‘yicha ishlaydigan ART larni shunday loyihalash kerakki, bu tebranishlar so‘nuvchi xususiyatga ega bo‘lib, xatoning qiymati nolga (yoki minimumga) yetsin.

Download 328.47 Kb.
1   2   3   4




Download 328.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CHETGA CHIQISHLAR BO‘YICHA ROSTLASH

Download 328.47 Kb.