Reja: Boyitish jarayonlari haqida ma'lumot




Download 19 Kb.
Sana31.05.2023
Hajmi19 Kb.
#68046
Bog'liq
Reja Boyitish jarayonlari haqida ma\'lumot
88 (7)

2-mavzu: BOYITISH JARAYONLARINING KLASSIFIKATSIYASI

Reja:


1.Boyitish jarayonlari haqida ma'lumot
2.Boyitish usullari haqida ma'lumot
3.Yordamchi jarayonlar haqida tushuncha va ularni ahamiyati
1. Foydali qazilmalar albatta qazilib olinib boyitish fabrikalari yoki
gidrometallurgiya zavodlariga boyitish, ya'ni, tarkibidagi bizga kerak bo’ladigan
mahsulotni, qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak,
foydali qazilmalar boyitish jarayonlari ketma-ketlikda quyidagi 3 ta asosiy katta
qismga bo’linadi:
1) tayyorlash jarayonlari
2) asosiy (boyitish) jarayonlar
3) yordamchi jarayonlar
Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz
mumkin.
Tayyorlash jarayonlarini o’rganishdan maksad minerall zarrachalarining
yuza qismini qoplab turuvchi puch tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xom
ashyoni boyitishga tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har-xil prnitsipda
ishlaydigan q’alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Boyitishning asosiy jarayonlarda deganda esa boyitishga tayyor bo'lgan
xomashyo zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy
xossalariga qarab boyitib ajratib olish tushuniladi.
Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining
samaradorligini oshiradigan va qayta ishlash natijasida mahsulotning
samaradorligini oshiruvchi jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish,sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish, suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi.Tayyorlov jarayonlar ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:
1) maydalash.
2) g’alvirlash.
3) yanchish
4) klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash.
2. Asosiy (boyitish) jarayonlari ham o'z navbatida quyidagilarga bo' linadi va
boyitish usullarini tashkil etadi1) gravitatsiya usulida boyitish.
2) flotatsiya usulida boyitish.
3) magnit usulida boyitish.
4) elektr usulida boyitish.
5) maxsus kimyoviy usulda boyitish va h.k.
Foydali qazilmalarning turlari, ularning fizik-kimyoviy tarkibi va
xarakteristikasiga qarab yuqorida keltirib o'tilgan ma'lum bir texnologiyadagi
boyitish usuli tanlanadi.
Gravitatsiya usulida boyitish asosan suvli muhitda zarrachalarning
solishtirma og’irligi va zichligiga asoslangan holda boradi va yanchilgan mahsulot
tarkibidan odiiy til bilan aytganimizda yuvib, kerakli foydali elementlarni ajratib
olish tushuniladi. Bunday usul juda ham qadimiy boyitish usullaridan hisoblanadi.
Flotatsiya usulida boyitish zarrachalarning gidrofob va gidrofil, ya'ni,
zarrachalarning namlanish va namlanmaslik xususiyatiga asoslanib olib boriladi.
Flotatsiyaning ko’pikli, moyli, gazli yoki ionli turlari mavjud.
Magnit usulida boyitishda esa zarrachalarning magnitlanish xossalariga
asoslanib olib boriladi. Bunday usulda asosan temir tarkibli rudalar boyitiladi.
Elektr usulida boyitish - bu usul zarrachalarni kuchli elektr tokini
utkazuvchanligiga asoslanadi. Buning uchun boyitmani yanada tozaroq ajratib
olish uchun elektroliz qilish usullaridan foydalaniladi.
Maxsus kimyoviy usulda boyitish quyidagi usullarga bo’linadi: 1) uyumlarda tanlab eritish 2) yer osti usulida tanlab eritish 3) maxsus chanlarda (katta hajmdagi idishlarda) tanlab eritish.
Har xil sharoitdan kelib chiqqan holda quyidagicha bo'lib, balansdan tashqari
rudalarni uyumlarda tanlab eritish; foydali qazilmalar yupqa qatlamdan tashkil
topgan bo’lsa yer osti usulida tanlab eritiladi, aks holda yer osti usulida qazib olib
yoki ochiq usulda qazib olib boyitish iqtisodiy tomondan samarasiz va aksincha
zararga ishlanadi; foydali qazilmalarni ma'lum bir usulda boyitib boyitma ajratib
olingandan so'ng chiqindi tarkibida qolgan kerakli foydali komponentlarni
to'lig'icha ajratib olish uchun maxsus chanlarda eritish usulidan foydalaniladi.
Boyitish jaryonlarining klassifikatsiyasini quyidagi sistemada ko'rib
chiqishimiz mumkin.
Download 19 Kb.




Download 19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Boyitish jarayonlari haqida ma'lumot

Download 19 Kb.