Reja: Bug’ ishlab chiqarish




Download 24.66 Kb.
Sana11.03.2024
Hajmi24.66 Kb.
#169869
Bog'liq
shermurodova2
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar, 704046000cover, C, Учебная Прогр. Общ. и Неорг. хим. (1), BHNPDB6vFll9yX7R, 1680368091, O\'zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti, Geografiya 99 uy ta`limi 0,5, MUSTAQIL ISH, MUSTAQIL ISH2, MUSTAQIL ISH3, slayd .01, Taqrizlar, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, Qayumov oqova

Mavzu: Bug’ ishlab chiqarish qurilmasini avtomatlashtirish
Reja:

  1. Bug’ ishlab chiqarish

  2. Jarayonni avtomatlashtirish

  3. Xulosa

Bug’ ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish


Issiqlik elektr stansiyasining asosiy qurilmasi – o‟ta qizdirilgan bug‟ni ishlab chiqarish uchun mo‟ljallangan bug‟ qozonidir. Dastlabki xom ashyo yonilg‟i, havo va suv hisoblanadi. Yonilg‟ilarni yoqishda olingan energiya suvga uzatiladi, buning natijasida o‟ta qizdirilgan bug‟ ishlab chiqariladi.
Chiqindilar – sovigan tutun gazlari atmosferaga chiqarib tashlanadi.Ba‟zi bir kimyo va oziq – ovqat sanoatida juda keng tarqalgan baraban turidagi bug‟ qozonining sxemasi 1 – rasmda keltirilgan. Yonilg‟i, odatda, mazut havo bilan aralashgan holda yondirish qurilmasi orqali o‟choqqa kiradi va yonadi. Havo ventilyator yordamida haydalanadi.
Yonish mahsulotlari – qizigan tutun gazlari mo‟rilar orqali o‟tib, turli xil issiqlik uzatish sirtlariga issiqlikni beradi va tutun murtgich bilan tutun quvuriga tortiladi. Suv ekonomayzerida isitilgan, oldindan quyqa hosil qiluvchi aralashma (qorishma) lardan va unda erigan havodan tozalangan suv qozon o‟chogiga o‟rnatilagn barabanga uzatiladi. Suv o‟choqni ichki tomonda n to‟suvchi trubalarda bug‟lanadi.
Barabanda suv sirtida to‟yingan bug‟ to‟planadi va to‟yingan bug‟da mavjud bo‟lgan suv tomchilarining bug‟lanishi hamda uning temperaturasini berilgan qiymatgacha etkazish uchun mo‟ljallangan bug‟ qizdirgichga keladi. Bug‟ qozonining ish sifatini ifodalovchi asosiy chiqish kattaliklari o‟ta qizigan bug‟ning bosimi, temperaturasi va uning sarfi, yonilg‟i va suv sarfi hisoblanadi. Bu ko‟rsatkichlar suvning kimyoviy tarkibi, yonilg‟ining kaloriyaligi, havoning bosimi, o‟choqda va tutun tortkich oldidagi mo‟rida siyraklanish (vakuum), barabandagi suvning balandligi va ko‟pgina boshqa omillar kabi kirish va oraliq kattaliklarga bog‟liq bo‟ladi.
Baraban turidagi bug‟ qozonida o‟ta qizigan bug‟ olish jarayoni kechishining eng yaxshi sharoiti barabandagi suv sathini barqarorlashtirish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Barabandagi suv sathining nominal qiymatdan pasayish tomoniga qarab o‟zgarishi barabanning va ekran trubalarining
o‟ta qizib ketishiga sabab bo‟lishi mumkin, bu ular mustahkamligining buzilishi bilan bog‟liq. Suv qizigan bug‟ parametrini kerakli qiymatda ushlab turishga imkon bermaydi.
O‟choqda siyraklanishning etarli darajada bo‟lmasligi o‟choqda va mo‟rilarda tutun gazlarining tezligi kichik bo‟lishi va issiqlik almashinish sirtlarining ifloslanishi tufayli konvektiv issiqlik almashinuvini yomonlashtirish. Siyraklanish yuqoriroq bo‟lganda yonish radiasion issiqlik almashuvi yomonlashadi va gorelka qurilmasida yonish jarayoni yaxshi kechmaydi. Gorelkalarga uzatilayotgan yonilg‟ining etishmasligi qozonning bug‟ hosil qilish unumdorligini pasaytiradi, yonilg‟ining ortiqchaligi esa barabanda bosimning mumkin bo‟lmagan darajada ortib ketishiga, ehtiyot klapanlarining ishlab ketishiga va yonilg‟ining ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
O‟choqda berilayotgan havo miqdori yonilg‟i miqdoriga mos bo‟lishi kerak. Aks holda yo havo haddan tashqari ko‟pligidan yonuvchi gazlarning temperaturasi pasayib ketadi. Qozondagi suvning tuz miqdori ortganda issiqlik almashinishini yomonlashtiruvchi quyqim hosil bo‟lishi tezlashadi. Tuz miqdorining pasayishi suvning ortiqcha isrof bo‟lishi bilan bog‟liq.
Barabanli bug‟ qozonida sodir bo‟ladigan yonilg‟ining yonishi, issiqlik va massa almashinuvi jarayonlarining o‟ziga xos xususiyatlarini qarab chiqish uni avtomatlashtirishga bo‟lgan asosiy talablarini ifodalashga imkon beradi: barabandagi suv sathi balandligining barqarorligi, o‟ta qizigan bug‟ning berilgan parametrlarini saqlab turish, o‟choqda va mo‟ridagi siyraklanishni barqarorlashtirish, yonilg‟ini yoqish uchun berilgan havo miqdorini saqlash.
Barabanli bug‟ qozoni avtomatik rostlash ob‟ekti sifatida uni avtomatlashtirishni murakkablashtiruvchi bir qator xususiyatlar bilan ifodalanadi. Bu birinchi navbatda o‟zaro bog‟liq kiruvchi va oraliq parametrlarining juda katta miqdori, ikkinchidan, iste‟molchilarga yuboriladigan bug‟ sarfi bo‟yicha ralayonlanishlarning mavjudligi, va uchinchidan, chiqish va oraliq kattaliklarni saqlab turish aniqligiga, avtomatlashtirish vositalariga, ishining yuqoriligiga qo‟yiladigan yuqori talablar.
Kirish va oraliq parametrlarining o‟zaro bog‟liqligi qozon agregati va bug‟ turbinasining o‟zaro ta‟sirlashishi jarayonida issiqlik va modda balansini saqlab turish zarurligi bilan aniqlanadi.
Yondiriladigan yonilg‟i miqdori ishlab chiqarilayotgan bug‟ miqdoriga mos kelishi kerak, u esa o‟z navbatida bug‟ trubinasi iste‟mol qilayotgan bug‟ sarfiga mos bo‟lishi kerak. Tejab yoqish uchun yonilg‟i sarfi va havo sarflari nisbatini doimiy saqlash, shuningdek, o‟txonada barqaror alangani ta‟minlash zarur.
Issiqlik va modda balanslarining buzilishi qozon agregatining nominal rejimdan ancha chetlashishiga olib kelishi mumkin, bu esa avariya holatlarini, hatto qurilmaning buzilishlariga, xizmat ko‟rsatuvchi xodimlar sog‟ligiga xavf solishi ham mumkin. Qozon agregati va turbinani avariya rejimlaridan himoya qilish uchun yoki me‟yoridan ortib yoki kamayib ketgan parametrni yo‟l qo‟yilgan chegaraga keltirish, yoki yonish va bug‟ hosil qilish jarayonini to‟xtatish kerak. Bunday avariyaviy va avariya oldi rejimlariga, masalan, qozon barabanida bosimning ortishi, bug‟ning o‟ta to‟yinishida temperaturaning pasayishi va ko‟tarilishi kiradi. Ba‟zi sanoat korxonalarida keng tarqalgan DKVR yoki DKE turidagi kichik quvvatli barabanli qozonlarning avtomatlashtirish sistemasini qarab chiqamiz.
Qozon barabanidagi suv sathi balandligini avtomatik rostlash ishi barabanga berilayotgan suv sarfini o‟zgartirish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Suv sathi balandligi differiensial – transformator o’zgartirgichli DM difmanometr 146 bilan o‟lchanadi. R 25.1.2 turidagi rostlovchi asbob 14v signalni qabul qiladi va truboprovoddagi suvni uzatish tutqichining MEOK turidagi ijrochi mexanizmi 14g ning elektr dvigatelini boshqarish magnitli yurgizib yuborgichini ulaydi hamda uzadi. Chiqish signalining qiymati rostlovchi asbobni sozlash parametrlari qiymatlariga va sath balandligining berilgan qiymatdan og‟ish kattaligiga bog‟liq.
Barabandagi bug‟ bosimini avtomatik rostlash qozon agregatining issiqlik va moddiy balanslarini saqlab qo‟yish maqsadida yonilg‟ini odatda mazutni sarflashga ta‟sir qilish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Bug‟ bosimi differensial – transformator uzatmali MED monometr 66 bilan o‟lchanadi va rostlovchi asbob R 25.1.2 ning kirishiga uzatiladi. Rostlolvchi ta‟sir PI – rostlash qonuniga muvofiq mazutni gorelkalarga uzatish quvurida o‟rnatilgan L1EOK 6g elektr yuritmali darcha (zadvijka) yordamida kiritiladi.
O‟ta qizigan bug‟ning temperaturasini bug‟ isitkichning ikkinchi bosqichidan so‟ng avtomatik rostlash birinchi bosqichdan so‟ng purkalgan suv sarfiga ta‟sir ko‟rsatish yo‟li bilan amalga oshiriladi.
Chiqish parametrini rostlash aniqliligiga qo‟yiladigan yuqori talablar, chuqur ralayonlantiruvchi ta‟sirlarning mavjudligi va “g’alayonlanish – chiqish” kanallarining inersionligi kichikligi o‟ta qizigan bug‟ temperaturasining ko‟p konturli ARS ini yaratish zarurligiga olib keladi. Bunday sistemalarda, odatda, ralayonlanish bo‟yicha rostlash prinsipi ham qo‟llaniladi.
Ko‟rib chiqilayotgan sistema rostlovchi R25.1.2. asbobi Ig ralayonlanish haqida bug‟ qizdirgichning 2 – bosqichidan chiqishda temperatura o‟zgarishining kattaligi va tezligi haqidagi signalni qabul qiladi va purkalayotgan suv sarfini o‟zgartirish yo‟li bilan barqarorlashtiruvchi ta‟sir kiritadi.
Chiquvchi kattalikni saqlab turish aniqligini ta‟minlash uchun rostlovchi blok Ig chiquvchi kattalikning topshiriqdagidan chetlashishiga qarab ob‟ektning o‟sha kirishiga o‟sha rostlovchi organ yordamida – puokaluvchi suv uzatuvchi quvurda o‟rnatilgan MEOK turidagi elektr yuritma 11d li darcha yordamida tuzatuvchi (korreksiyalovchi) ta‟sir ishlab chiqadi. K16...32 turidagi differensiallovchi qurilma Iv birinchi bosqichdan keyin o‟ta qizdirilgan bug‟ temperaturasiga proporsional signalga bu kattalikning o‟zgarish tezligiga proporsional tashkil etuvchini kiritadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki bug’ ishlab chiqarish qurilmasining qonuniyatlari va uning ko’rsatkichlarini tanlash texnologiyani optimal ish rejimida ishlatish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga gidrat hosil bo’lish jarayonini oldini olish mumkin.
Download 24.66 Kb.




Download 24.66 Kb.