|
Ketma-ket ulashga oid misollar
|
bet | 10/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 277,24 Kb. | | #240753 |
Bog'liq Reja Elektr toki va uning paydo bo’lishi4. Ketma-ket ulashga oid misollar. Ketma-ket ulash texnikada keng qo’llaniladi. Masalan, elektr qo’ng’iroq bilan tugma ketma-ket ulanadi. Shuning uchun qo’ng’iroq zanjir ulangandagina chalinadi. Elektr uzgich (viklyuchatel) o’zi ulashi va uzishi kerak bo’lgan asbob bilan ketma-ket ulanadi. Archa bezagidagi (girlyanda) lampachalar ham ketma-ket ulanadi.
Asboblarning ketma-ket ulanishiga oid misollarni juda ko’p keltirish mumkin.
5. Ampermetrning qarshiligi qanday bo’lishi kerak? Ampermetr zanjirdagi tok kuchini o’lchash uchun mo’ljallangan va shuning uchun zanjirga tok kuchi o’lchanishi kerak bo’lgan qism bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetrning ulanishi zanjirdagi tok kuchini o’zgartirmasligi kerakligi mutlaqo ravshan. Bu hol ampermetrning qarshiligi juda kichik bo’lgandagina amalga oshadi.
Om qonuni. O’tkazgichlarning qarshiligi
Bir jinsli metall o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichdagi kuchlanish tushuvi U ga proporsional bo’ladi:
I .
Bir jinsli o’tkazgich deb tashqi kuch ta’sir etmaydigan o’tkazgichga aytiladi. U o’tkazgichning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga teng bo’ladi. Ifodadagi R o’tkazgichning elektr qarshiligi deyiladi. Qarshililik birligi 1Om bo’lib, u shunday o’tkazgichning qarshiligiki, bunda kuchlanish 1V bo’lganda o’tkazgichdan 1A tok o’tadi. Bir jinsli silindrsimon o’tkazgich uchun qarshilik
ga teng. Bu yerda: l — o’tkazgichning uzunligi, S — ko’ndalang kesim yuzasi, - o’tkazgich yasalgan materialning tabiatiga bog’liq bo’lgan koeffitsent, bo’lib buni solishtirma elektr qarshilik deyiladi.
Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr
energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydonigauzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.
O`tkazgichning qarshiligi uning o`lchamlari, shakli va qanday materialdan yasalganiga bog’liq. Elektr o`tkazuvchanlikning klassik nazariyasiga muvofiq elektr qarshiligining mavjudligiga sabab harakatlanayotgan erkin elektronlarning kristall panjara tugunlaridagi musbat ionlar bilan to`knashishidir. Agar o`tkazgich qancha uzun bo`lsa, to`qnashishlar ham shuncha ko`p va demak elektr qarshiligi katta, agar o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasi qancha katta bo`lsa, to`qnashishlar ehtimoli ham shuncha kam va demak elektr qarshiligi ham kichik bo`ladi. Xulosa qilib qo`yidagini yozish mumkin. Bir jinsli chiziqli o`tkazgichning qarshiligi R uning uzunligi l ga to`g’ri ko`ndalang kesim yuzasi S ga esa teskari proportsionaldir.
|
| |