• .MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari
  • Excel jadval muharriri Данные menyusi bilan tanishish




    Download 31,11 Kb.
    bet2/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi31,11 Kb.
    #146626
    1   2
    Bog'liq
    1mavzu mcexcel 

    Excel jadval muharriri Данные menyusi bilan tanishish
    1. Сортировка - Tanlangan sohani saralash 
    2. Фильтр - Jadvaldagi ma’lumotlarni saralab qaysidur qism bo‘yicha kurish.
    3. Форма - Forma yordamida ma’lumotlarni kurish 
    4. Итоги - Oralik va oxirgi natijalarni sanash
    5. Проверка - Kiritiladigan ma’lumotlarni chegaralash
    6. Таблица подстановки - Oralik jadvalni yaratish
    7. Текст по столбцам - Ustundagi ma’lumotlarni bir necha ustunlarga bulish 
    8. Консолидация - Bir necha jadvaldagi ma’lumotlarni birlashtirish
    9. Группа и структуры - Tanlangan ma’lumotlarni saralash va guruhlash 
    10. Сводная таблица - Oraliq jadvalni yaratish
    11. Внешние данные - Boshqa programmalar yoki joylardan ma’lumotlarni qo‘shish 
    4.MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari 
    MS Excel 2010 ning standart varag‘i harflar orqali belgilanuvchi 16348 ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 satr mavjud bo‘lib, ustunlar A harfidan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi
    alohida olingan har bir katak o‘z nomiga va manziliga: A3, C45 ega
    bo‘ladi.
    Qaralayotgan katakni faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tuqmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Jadvalning tagida holat satri bo‘lib, u yerda ishchi sohaga tegishli ma’lumotlar berilgan. 
    Jadvalga qiymat kiritib, amallar bajarish tugallangan bo‘lsa, 
    sichqoncha orqali (masalan B2:F5) bloklarni ajratib olish mumkin. 
    Masalan B1 katakka 231 ni, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling.
    Bajarish: B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 
    kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra 
    sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi.
    Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. 
    Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal
    natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi. 
    Yuqoridagi kabi boshqa arifmetik amallarni bajarish mashq sifatida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
    MS Excel 2010 da ishlash jaroyonida turli xatolar yuzaga kelishi 
    mumkin. Ko‘p 
    uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz:
    ##### – ma’lumot katakka sig‘magan. 
    #ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo‘lish holati mavjud. 
    #ЗНАЧ! – formulada mumkin bo‘lmagan ifodalar qatnashmoqda, masalan: kirill 
    shriftida 
    o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.
    #ИМЯ? – Excel formuladagi o‘zgaruvchining nomini aniqlay olmadi.
    #ЧИСЛО! - formulada funksiya o‘zgaruvchisi yoki qiymat noto‘g‘ri ishlatilmoqda.
    #ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan.
    #ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan.
    Masalan: Quyidagi amallarni bajaraylik: 
    A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini 
    bajaring va natijani tahlil qiling.
    A1 katakka “Xato” matnini, A2 ga 10 kiriting va A3 katakda A1*A2 
    amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;
    A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1 amalini 
    bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;
    Topshiriq :A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni 
    hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;
    Yuqoridagi mashqlardan ko‘rinmoqdaki, MS Excel 2010 yordamida 
    ixtiyoriy arifmetik amallarni tez va oson usulda hisoblash imkoniyati mavjud. MS Excel elektron jadvali kalkuliyatordan farqli bo‘lgan 
    kengroq ifodalarni hisoblashda umumlashtirish imkoniyati ham 
    mavjud. Ushbu imkoniyatlarni keyingi darslarda ko‘rib o‘tamiz.

    KATAKKA MUROJAAT: NISBIY, ABSOLYUT VA


    ARALASH MUROJAAT
    Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik
    amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.
    1-mashq. Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari aniqlansin. 
    Bajarish: 
    birinchi satr kataklari tugmasi yordamida kataklar bittaga keltirilib
    “Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari” matni yoziladi;
    A2:A3 kataklar birlashtirilib “Sinflar” yozuvi katak o‘rtasiga 
    joylashtiriladi;
    B2:B3 kataklar birlashtirilib “O‘quvchilar soni” yozuvi katak o‘rtasiga
    joylashtiriladi;
    C2:G2 kataklar birlashtirilib Fanlar yozuvi katako‘rtasiga joylashtiriladi;
    H2:L2 kataklar birlashtirilib “O‘zlashtirish ko‘rsatkichi” yozuvi katak
    o‘rtasiga joylashtiriladi;
    C3:G3 hamda H3:L3 kataklarga fanlar nomlari joylashtiriladi;
    B4:B6 kataklarda guruhdagi o‘quvchilar soni kiritiladi;
    C4:C6 dan G4:G6 gacha fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni kiritiladi; B4:B6 sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda ajratibolinib, Excel 2010 tasmasidan Σ tugmasi bosiladi, natijada B7 da 
    o‘quvchilar umumiy soni hosil bo‘ladi; C7:G7 kataklarida fanlardan 
    o‘zlashtirgan o‘quvchilarning barcha sinflar bo‘yicha umumiy sonini 
    aniqlashni osonlashtirish uchun B7 katagini o‘ng past burchagiga 
    sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda siljitib kerakli 
    qiymatlarni hosil qilamiz. 
    Qaralayotgan katakka ushbu murojaat usuli nisbiy murojaat deb ataladi;
    10a sinfida ona tilidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun H4
    katagida = ni kiritib, fandan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni C4 ni 
    sinfdagi o‘quvchilar umumiy soni B4 ga bo‘lib, natijani 100 ga
    ko‘paytirib yaxlitlab olamiz. O‘zlashtirish ko‘rsatkichini hamma vaqt guruhdagi o‘quvchilar soniga bo‘linganligi sabali B4 ni qo‘zg‘lmas 
    qilish uchun, ushbu manzilga $B$4 ko‘rinisida, ya’ni absolut murojaat 
    qilinadi;
    qolgan sinflar va boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlastirish ko‘rsatkichlarini 
    oson aniqlash uchun sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda B 
    ustun va 7 satr bo‘yicha siljitamiz. 
    Shunday qilibnisbiy va absolut murojaat usullarini qo‘llab, qaralayotgan masalani yechish juda oson bajarildi. Natijada quyidagi elektron jadval hosil bo‘ldi: Absolut va nisbiy murojaatlar birgalikda kelsa aralash murojaat deyiladi.
    MS Excel 2010 uchun boshqa amaliy dasturlar bilan muqobillikni
    yanada yaxshiroq ta’minlash maqsadida hujjatlarni xotirada saqlash uchun yangi XML (eXstensible Markup Language belgilanishning
    kengaytirlgan tili) formati ishlab chiqilgan. Bu yerda siqish
    texnologiyasini qo‘llash hisobiga fayllarning o‘lchami kichraydi va bu jadvallardan ixtiyoriy operatsion tizimda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
    MS Excel 2010 da fayllar “.xlsx” kengaytmaga ega.
    MUROJAATDAN FOYDALANIB AMAL
    BAJARISHDA NUSXALASHNING AFZALLIGI
    Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish
    orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib
    nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
    1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash.
    Bajarish: o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz; birinchi satr kataklari 
    tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini
    hisoblash” matni yoziladi; 
     A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi;
    MS Excelning Вставка- вставка формулу 
    ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi
    darajalarini yozamiz: 
     B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning 
    o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap 
    tugmasi bosilgan
    holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi; 
     B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi 
    keltirilib, chap tugmasi
    bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi: 
    MS Excel 2010 da kiritilgan matnlar kataklarga sig‘may qolsa, Перенос
    текста (matnni ko‘chirish) tugmasidan foydalaniladi.

    MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI


    Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirishligini 
    yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklardagi mashg‘ulotlar ustida
    ayrim hisoblashlarni bajarish
    zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi. 
    Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu
    bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga
    mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan.
    Kutubxonadagi turlivazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz
    Matematik funksiyalar 
    t/r
    Funksiya 
    Vazifasi
    1
    ФАКТР 
    argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi
    2
    ABS 
    argument qiymatining modulini hisoblaydi
    3
    LN 
    sonning natural logarifmini hisoblaydi
    4
    EXP 
    sonning eksponentasini hisoblaydi
    5
    SIN 
    sonning sinusini hisoblaydi
    6
    COS 
    sonning kosinusini hisoblaydi
    7
    TAN 
    sonning tangensini hisoblaydi (radianda)
    8
    НОД 
    ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy
    bo‘luvchisini hisoblaydi 
    9
    НОК
    ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy
    bo‘linuvchisini hisoblaydi 
    10
    ОКРУГЛ
    haqiqiy sonni yaxlitlaydi
    11
    СУММ
    ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini hisoblaydi 
    12
    ПРОИЗВЕД 
    Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi
    13
    ЗНАК
    Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 ni 
    chiqaradi
    14
    КОРЕНЬ
    Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi 
    1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.
    Bajarish:
     A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini 
    kiritamiz;
     C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2) 
     Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    MS Excel 2010 da algebraik amal belgilari quyidagilar:
    + (yig‘ish); - (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga
    ko’tarish).

    FUNKSIYA ARGUMENTI OYNASI


    MS Excel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan keskin farq qilishi 
    mumkinligidan ularning argumentlari ham o‘z navbatida turli ko‘rinishda berilishi mumkin.
    Masalan, Математические функции qismida cos(x) funksiyasida argument bitta haqiqiy 
    qiymatdan iborat bo‘ladi va burchakning qiymati radianda beriladi:
    Логические функции qismidagi ЕСЛИ funksiyasida argument mantiqiy ifoda bo‘lib, 
    uning faqat ikkita qiymati (“rost” yoki “yolg‘on”) ga ko‘ra ikki xil natijaga ega bo‘lishimiz
    mumkin:
    Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib Найти tugmasi yordamida 
    izlab topiladi, ikkinchi qadamda ushbu funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar
    beriladi. So‘ngra tanlab olingan funksiya kerakli katakka joylashtiriladi: 
    1-mashq. 25 log 5 ifodaning qiymatini hisoblang. 
    Bajarish:
    MS Excel 2010 tasmasidan tugmasi tanlanadi;
     Мастер функций oynasidan logarifmni hisoblash Log funksiyasi tanlanadi;
     Число qatoriga 25 soni, Основание qatoriga esa, 5 soni kiritilib, OK tugmasi bosiladi:
    FORMULALAR SATRIDAN FOYDALANISH
    Formulalar satri joriy katakdagi qiymatning formulasini ko‘rish yoki ushbu katakka 
    ma’lumotlar va formulalar kiritish uchun mo‘ljallangan:
    1-mashq. Formulalar satridan foydalanib quyidagi ma’lumotli jadval tayyorlang. Hisob ishlarini
    formulalar satridan foydalanib bajaring.
    Korxonaning xizmat safari xarajatlari (ming so‘m hisobida):
    Mazkur masala uchun “Jami xarajat” bandi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
    “Jami xarajat” = (2* “yo‘l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik xarajat” )* “Kishilar soni”
    Bajarish:
     ustun va satrlar kengligi yetarli bo‘lmaganligi sababli uni kerakli miqdorda o‘zgartiramiz.
     kataklarni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz: 
     Файл bo‘limidan Сохранить как bandini tanlaymiz va Имя файла qatoriga fayl nomini,
    masalan “comras .xlsx” ni kiritamiz.
     diskdan jadvalni yuklash uchun Файл bo‘limidan Открыть bandini tanlaymiz. Файл 
    ro‘yxatidan kerakli faylni tanlab (xususan, “comras.xlsx”) sichqoncha tugmasi bosiladi.
     G2 katakka quyidagi formulani kiritamiz: 
    =(2*C2+D2*E2)*F2
     qolgan satrlari uchun ham xuddi shu kabi formulalarni kiritiladi: 
    Natijada quyidagi jadvalni hosil qilamiz: 
    MATNLI FUNKSIYALAR
    MS Excel 2010 da kataklardagi matnlar bilan ishlash uchun maxsus funksiyalar mavjud. 
    Bo’lar quyidagilar:

    Funksiya 
    Vazifasi
    1
    БАТТЕКСТ 
    Sonni matnga almashtiradi
    2
    ДЛСТР 
    Matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi
    3
    ЗАМЕНИТЬ 
    Matnning belgilangan joyini yangi matnga
    almashtiradi; 
    4
    ЗНАЧЕН

    Matn ko‘rinishdagi sonni songa o‘tkazadi;


    5
    ПОВТОР 
    Matnni n marta takrorlaydi;
    6
    СЦЕПИТЬ 
    Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi
    1mashq. Uchta katakda o‘quvchilarni familiyasi, ismi, otasining ismi yozilgan ma’lumotlarni bitta katakka birlashtirish.
    Bajarish: Ushbu masalani yechishning ikki xil usuli mavjud:
    Birinchi usul:
     B1 katakka o‘quvchining familiyasi, C1 katakka ismi, D1 katakka otasining ismi kiritiladi; 
     E1 katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1) kiritilib, Enter tugma bosiladi;
     qolgan kataklarga ushbu formula nusxa ko‘chiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Ikkinchi usul:
    Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘ldirib olamiz; 
    E1 katakka ushbu formula
    =B1&" "&C1&" "&D1
    kiritilib,Enter tugma bosiladi. 
    Agar o‘quvchining familiyasi Лист1 varag‘ining B1 katagida, ismi Лист2 varag‘ining B1
    katagida, otasini ismi Лист3 varag‘ining B1 katagida berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni Лист4 
    varag‘ida hosil qilish uchun istalgan katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(Лист1!B1;"
    ";Лист2!B1;" ";Лист3!B1) kiritilib, Enter tugma bosiladi. 
    Excel elektron jadvalida B2:C5 ifoda ataklar blokini bildiradi. 8 ta katakni blokka oladi.
    Agar B2;C5 ko‘rinishda bo‘lsa 2 ta katakni belgilaydi. 

    MANTIQIY FUNKSIYALAR


    Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq bo‘lishi 
    mumkin. Bunday holatda mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.
    Mantiqiy funksiyalar 
    № Funksiya Vazifasi
    1
    ЕСЛИ 
    Agar mantiqiy ifodaning qiymati ROST bo‘lsa, birinchi shart, aks
    holda ikkinchi shart bajariladi 
    2
    ИЛИ 
    Agar mantiqiy ifodalarning barchasini qiymati rost bo‘lsa, funksiyani 
    qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi
    3
    ИЛИ 
    Agar mantiqiy ifodalarning birorta qiymati rost bo‘lsa,funksiyani
    qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi 
    4
    НЕT
    Rost qiymatni yolg‘onga va yolg‘onni rostga aylantiradi.
    1mashq. Sinfning beshta fandan 20 ballik tizimda baholanganda
    ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini tahlil qiluvchi jadval yaratish.
    Bajarish: Ushbu topshiriqni bajarish algoritmi quyidagicha:
     B ustunga sinf o‘quvchilarining familiyasi va ismi kiritiladi; 
     C ustunga adabiyot fanidan olgan ballari kiritiladi;
     D ustunga algebra fanidan olgan ballari kiritiladi; 
     E ustunga fizika fanidan olgan ballari kiritiladi;
     F ustunga kimyo fanidan olgan ballari kiritiladi; 
     G ustunga informatika fanidan olgan ballari kiritiladi;
     H ustunga olgan ballarning yig‘indisi hisoblanadi; 
     I3 va I17 kataklarga quyidagi formula kiritiladi:
    =ЕСЛИ(C17<55;"qoniqarsiz";ЕСЛИ(C17<71;"qoniqarli";ЕСЛИ(C17<86;"yaxshi";"a’lo"))) 
    Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq bo‘lsa,
    mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.
    MATEMATIK FUNKSIYALAR
    MS Excel 2010 elektron jadvallarida keng qamrab olingan iqtisodiyotmuhandislik masalalarini yechishda qo‘llanilishi keng bo‘lgan matematik funksiyalarni o‘rganamiz.
    1-mashq. MS Excel 2010 matematik funksiyalaridan foydalangan holda y=arccosx, y=cosx, y=ex , y=coseX funksiyalarni argumentning turli qiymatlarida hisoblang.
    Bajarish: B3:D3 kataklarida
    qiymatlarni kiritib olamiz; 
    Формулы bo‘limining Математические qismida acos, cos, exp корень(ABS) funksiyalariga murojaat qilib B4:B8 kataklarida mos ifodalarni hosil qilamiz; Nisbiy murojaat usulidan foydalanib qolgan kataklarga amalni davom ettiramiz.
    Shunday qilib ixtiyoriy murakkablikdagi funksiyalarni hisoblab olishimiz mumkin. 
    2-mashq. y=cosx, y=e x , y=cosex , y=cos(cosx) funksiyalarning grafiklarini hosil qilish. 
    Bajarish:
     F3:P3 kataklarda x ning qiymatlarini kiritiladi; 
     F4 katagida Формулы bo‘limining Математические qismidan cos funksiyasi olinib uning
    argumenti uchun F3 katagiga murojaat etiladi; 
     F4 katagida hisoblanayotgan ifodalar nisbiy murojaat yordamida F5:F7 kataklarida mos
    ravishda hosil qilinadi; 
     F4:F7 blokida bajarilayotgan amallar o‘z navbatida nisbiy murojaat yordamida qolgan
    kataklarda o‘zlashtiriladi; 
     Вставка bo‘limining График qismining tegishli bandiga murojaat etilib qaralayotgan
    funksiyalarning grafiklari hosil qilinadi: 
    3- mashq. z=cosxcosy, funksiyaga mos tasvirni hosil qilish.
    Bajarish: 
    A1:J1 kataklariga qiymatlar kiritiladi; A2:A10 kataklariga tegishli qiymatlar kiritiladi; B2 katagiga =COS($A$1)*COS(B1) ifoda yoziladi; B2 dan B10 katagigacha formula aralash murojaatni qo‘llanilgan holda hosil qilinadi;
    B10 dan J10 katagidagi ifoda aralash murojaatni qo‘llanilgan holda hosil qilinadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: B2:J10 bloki ajratib olinadi; ВставкаДругиеПоверхность ketmaketligi tanlanib, qaralayotgan funksiyalarning grafigi hosil qilinadi; hosil bo‘lgan grafikdan muhim bo‘lmagan yozuvlar olib tashlanadi. Natijada quyidagi tasvir hosil bo‘ladi: 
    Funksiya grafiklarini hosil qilish uchun Excel dasturining katakchalariga funksiya
    qiymatlari kiritilib, Вставка bo‘limining График qismi orqali hosil qilinadi.
    x va y=3 x
    funksiyalarning grafiklarini bitta oynada hosil qiling. 
    KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR
    Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib, 
    biz ushbu darsda ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari bilan tanishamiz:
    1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi; 
    2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.
    1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud: 
    C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; 
     D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
     E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang; 
     F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
    Bajarish:
     A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;
     C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi; 
     D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;
     E1 katagida A1:D1 blokning = ПРОИЗВЕД(A1:D1) ko‘paytmasi hosil qilinadi; 
     F1 katagida A1:E1 blokning =СУММ(A1:E1) yig‘indisi hosil qilinadi:
    YODDA SAQLANG ! 
    Berilgan sonlarning ko’paytmasini hisoblash uchun ПРОИЗВЕД funksiyasidan foydalaniladi.
    STATISTIK FUNKSIALAR
    MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib
    tegishli masalalarni yechish hisoblanadi.
    Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 
    1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;
    2-usul. Menyuning formulalar satri 
    bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o‘chiladi:
    MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz quyida ayrim funksialar va ularning vazifalarini kelturamiz:
    Fuksiya 
    Vazifasi
    1 МАКС 
    Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi
    2 МИН 
    Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi
    3 СРЗНАЧ 
    Berilgan sonlarning o‘rta arfimetigini hisoblaydi
    4 СЧЁТЕСЛИ 
    Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo‘sh bo‘lmagan kataklar 
    sonini sanaydi
    1mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling.
    Bajarish: 
     A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;
     D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng kattasini topish 
    formulasi): =МАКС(A1:C5);
     D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish 
    formulasi): =МИН(A1:C5);
     D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash 
    formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7);
    Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    1.Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash ketma-ketligini tushuntirib
    bering?
    2.Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki usulda bajaring.
    Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
    1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 
    2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali.
    MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI 
    YECHISH
    MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish 
    imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini funksiyalar
    ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi.
    1-mashq. x 4 -2x 3 -3x 2
    +1=0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini toping.
    Bajarish:
     A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;
     B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi; 
     B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;
     C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi ko‘chiriladi. Natijada quyidagi 
    jadval hosil bo‘ladi:
    Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda ekanligi ma’lum 
    bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga izlanayotgan yechimga yetarlicha
    yaqinlashishimiz mumkin. 
    2-mashq.
    {
    𝒙 − 𝟐𝒚 − 𝟏 = 𝟎

    𝟐𝒙 − 𝒚 + 𝟏 = 𝟎


    tenglamalar sistemasini yeching. 
    Yechish. Ushbu tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagi ikkita
    grafikni qaraymiz: .
    {
    𝒚 = (𝒙 − 𝟏)/𝟐

    𝒚 = 𝟐𝒙 + 𝟏


    Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil bo‘lgan funksiyalarni ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi:
    Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi.
    Download 31,11 Kb.
    1   2




    Download 31,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Excel jadval muharriri Данные menyusi bilan tanishish

    Download 31,11 Kb.