II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR




Download 297,71 Kb.
bet5/6
Sana11.12.2023
Hajmi297,71 Kb.
#116142
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
adxam xfx

II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR

  • II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR
  • 1. Geologik xavfli hodisalar:
  • odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, enyergiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
  • odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
  • 2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
  • odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;
  • aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagyerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
  • 3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
  • o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
  • odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali tyerlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
  • zoonoz infeksiyalar — Sibir yarasi, quturish;
  • virusli infeksiyalar — SPID;
  • epidemiya — alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq;
  • aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish — 20 kishi va undan ortiq;
  • tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq;
  • o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo‘lgan vaziyat;
  • zaharli moddalar bilan zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq:
  • oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish — jabrlanganlar soni — 10 kishi, vafot etganlar soni — 2 kishi va undan ortiq;
  • epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
  • epifitotiya — o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
  • III. EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR
  • 1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
  • halokatli ko‘chkilar — foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov byerilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
  • tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
  • 2. Atmosfyera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar:
  • havo muhitining quyidagi ingridiyentlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
  • oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglyerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
  • katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
  • radiatsiyaning yuqori darajasi.
  • 3. Gidrosfyera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
  • yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
  • binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
  • suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin etishmasligi.

Download 297,71 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 297,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR

Download 297,71 Kb.