|
I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYTLAR
|
bet | 2/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 297,71 Kb. | | #116142 |
Bog'liq adxam xfx - I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYTLAR
- 1. Transport avariyalari va halokatlari:
- ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq parchalanishiga yoki qattiq
- shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
- yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va temiryo‘l
- xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar);
- portlashlarga, yong‘inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan
- KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;
- odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poyezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
- gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
- 2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
- atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib
- chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning ko‘plab
- shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan
- chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga
- chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
|
| |