• 2 - Teorema. (Funksiya ekstrcmumining zaruriy sharti)
  • Funksiya ekstremumlari. Ekstremumning zaruriy va yetarli shartlari




    Download 280 Kb.
    bet2/8
    Sana16.01.2024
    Hajmi280 Kb.
    #138858
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Reja Funksiyaning o`sish va kamayish shartlari
    BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, Boshlang’ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish metodikasi-fayllar.org, 4 topshiriq TSMG B Zaripov, 1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3, 6-mavzu Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovch, 1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3, 1-mavzu Taqdimot (1), ilm-fan 1408 (1), 5-Mavzu Funksiyaning o’sish va kamayish oraliqlari. Funksiyanin-fayllar.org, Mavzu Qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha h, 2. Ўрта гуруҳ ривож.харитаси, Ijtimoiy ishga kirish, ZDIT15026, Kompyuter tarmaqlari hám adminstratorlaw,Jumamuratova Matluba
    2. Funksiya ekstremumlari. Ekstremumning zaruriy va yetarli shartlari
    у = f(x) funksiya x0 nuqtaning biror δ atrofida aniqlangan bo`lib, x0 nuqtada uzluksiz bo`lsin.
    Agar barcha x€(x0-5; x0) U (x0;x0+δ) nuqtalar uchun f(x)0) (f(x)>f(x0)) tengsizlik o`rinli bo`lsa, x0 f(x) funksiyaning qat`iy maksimum (minimum) nuqtasi deyiladi. (2 a - rasm).
    Agarda har bir x€(x0-5;x0) U (x0;x0+δ) uchun f(x) < f(x0) (f(x)>fl;x0)) tengsizlik bajarilsa, u holda x0 f(x) funksiyaning noqat`iy maksimum (minimum) nuqtasi deyiladi (2 b - rasm).
    Funksiyaning qat`iy va noqat`iy maksimum va minimum nuqtalariga, uning lokal (mahalliy) xarakterdagi ekstremum nuqtalari deyiladi.
    Agar x0 f(х) funksiyaning maksimum nuqtasi bo`lsa, u holda x0 nuqtaning qaralayotgan 6 atrofida Δf(x0) = f(x) - f(x0) < 0 (Δf(x0) < 0) munosabatlar o`rinli bo`ladi. Agarda x0 f(x) funksiyaning minimum nuqtasi bo`lsa, unda Δf(x0) > 0 (Δf(x0) > 0) tengsizliklar bajariladi.


    2 - Teorema. (Funksiya ekstrcmumining zaruriy sharti)
    Agar x0 nuqta f{x) funksiyaning ekstremum nuqtasi bo`lib, funksiya uning biror atrofida aniqlangan bo`lsa, u holda f `(x0) = 0 yoki f `(x0) - mavjud emas.
    Teoremani geometrik izohlash mumkin. Teorema shartlari bajarilganda, у = f(x) funksiya grafigining x0 abssisali nuqtasiga o`tkazilgan urinma yoki mavjud va OX o`qiga parallel (2 a - rasm), yoki mavjud emas (2 b - rasm).


    a) f `(x0) = 0 b) f `(x0) - mavjud emas.


    2 - rasm.


    Funksiya ekstremumining zaruriy shartlarini qanoatlantiruvchi, ya`ni funksiya hosilasi f(x) ni nolga aylantiruvchi yoki f `(x) mavjud bo`l-magan, funksiya aniqlanish sohasining ichki nuqtalariga uning kritik nuqtalari deyiladi. Ulardan f `(x)=0 tenglamani qanoatlantiruvchi kritik nuqtalarga statsionar nuqtalar deyiladi.


    Misol. у = (х-4)· funksiyaning kritik nuqtalarini toping.
    Funksiya sonlar o`qida aniqlangan va y`(x) = 4/3·x-1/ . x = 1 da y`(l) = 0 bo`lib, x = 0 da y`(0) - mavjud emas.
    Demak, x = 1 nuqta funksiyaning statsionar nuqtasi, {0;l} nuqtalar to`plami esa uning kritik nuqtalari to`plamidir.
    Funksiya ekstremumi zaruriy shartini qanoatlantiruvchi har bir kritik nuqta uning ekstremum nuqtasi bo`lavermaydi. Masalan, у = x3 funksiya R da monoton o`suvchi, chunki (x3)` ≥0, x€R. x = 0 nuqta esa uning kritik (statsionar) nuqtasi chunki y`(0) = 0. Funksiya sonlar o`qida monoton o`suvchi bo`lgani uchun, x = 0 kritik nuqtasi uning ekstremumi bo` la olmaydi.
    Funksiyaning ekstremum nuqtalari uning kritik nuqtalari ichidan quyidagi yetarli shartlardan biri asosida tanlanadi.

    Download 280 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 280 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Funksiya ekstremumlari. Ekstremumning zaruriy va yetarli shartlari

    Download 280 Kb.