|
) Qarshiliklarning ketma-ket ulangandagi kompleks ko’rinishi (ifodasi)
|
bet | 2/3 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 486,29 Kb. | | #264919 |
Bog'liq 11. Tarmoqlangan tok zanjirlarini kompleks usulda hisoblashOddiy va murakkab zanjirlarni kompleks usul bilan hisoblash
1) Qarshiliklarning ketma-ket ulangandagi kompleks ko’rinishi (ifodasi).
Ketma-ket ulangan qarshiliklardan tuzilgan oddiy zanjir o’zgaruvchan kuchlanish manbaiga ulangan deb faraz qilaylik (4.3-rasm). Zanjirning barcha elementlari uchun umumiy bo’lgan tok Z1, Z2, .... Zn qarshiliklarda tegishlicha kuchlanishlar hosil qiladi:
4.3-rasm.
Bu kompleks kuchlanishlar vektorlarining geometrik yig’indisi manba kuchlanishining Ú kompleksiga teng. Kompleks belgilashlarga o’tilganda, uni quyidagicha yozish mumkin:
bunda Zk=Rk+jXk k-qismning kompleks qarshiligi. Agar to’la
qarshiliklar
ning tashkil etuvchilari berilgan bo’lsa, u holda butun zanjirning kompleks qarshiligini quyidagicha hisoblash mumkin:
bunda R – butun zanjirning aktiv qarshiligi (R1, R2, ... Rn qarshiliklarning algebraik yig’indisiga teng); X – butun zanjirning reaktiv qarshiligi [musbat (induktiv) va manfiy (sig’im) x1, x2, ... xn qarshiliklarning algebraik yig’indisiga teng]. Kuchlanish va tok ning vektorlari orasidagi siljish burchagi: φ =arctg X/R.
Agar = Uejψu kompleks ko’rinishdagi kuchlanish berilgan bo’lsa, u holda zanjirdagi tokning kompleksi
bo’ladi. Endi zanjirning ayrim qismlaridagi Ú , Ú2 = ÌZ2 va h.k. effektiv kuchlanishlarning komplekslarini aniqlash qiyin emas.
2) O’tkazuvchanliklarni parallel ulanishdagi kompleks ifodasi.
Parallel ulangan Y1, Y2, ... Yn o’tkazuvchanliklardan tuzilgan oddiy zanjir va o’zgaruvchan kuchlanish U manbai berilgan (4-rasm).
Zanjirning barcha elementlari uchun umumiy bo’lgan U effektiv kuchlanish tarmoqlarining o’tkazuvchanliklariga proporsional bo’lgan
, ... toklarni hosil qiladi. Bu toklar effektiv
qiymatlari vektorlarining geometrik yig’indisi zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi I effektiv tokning vektoriga teng.
4-rasm.
Kompleks belgilashlarga o’tib, uni quyidagicha yozish mumkin:
bunda: - jbk –k tarmoqning kompleks o’tkazuvchanligi. Agar to’la o’tkazuvchanliklarning tashkil etuvchilari berilgan bo’lsa, u holda butun zanjirning kompleks o’tkazuvchanligini quyidagicha hisoblash mumkin:
bunda: g – butun zanjirning aktiv o’tkazuvchanligi (alohida tarmoqlar aktiv o’tkazuvchanliklarining yig’indisiga teng); b – butun zanjirning reaktiv o’tkazuvchanligi [musbat (induktiv) va manfiy (sig’im) – reaktiv b1,b2, ... bn o’tkazuvchanliklarning algebraik yig’indisiga teng]. Kuchlanish Ú va tok Ì ning vektorlari orasidagi siljish burchagi: φ=arctq b/g Agar kompleks ko’rinishdagi Ú = Uejψu kuchlanish berilgan bo’lsa, u holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kompleksi – (ψu-ψi). bo’ladi. Tegishli tarmoqlardagi toklarning komplekslari:
2 va h.k.
|
| |