|
Mashina va asbob-uskunalar
|
bet | 6/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 254,5 Kb. | | #140244 |
Bog'liq Asosiy fondlardan tushunchasi, mohiyati va mazmuniMashina va asbob-uskunalar. Mashina va uskunalar – asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
energetik uskunalarga - kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat enrgiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) dir;
ish mashinalari va uskunalariga - mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar) dir;
o‘lchov va rostlash moslamalariga ma’lumotlarini tahlili qilish, qayta ishlash va taqdim qilish uchun ulchov asboblari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonlarini rotlash uskunalari, blokirovka apparaturasi, dispecher nazoratining chizikli uskunalari, signalizatsiya inshootlari va uskunalari, dispecher nazoratining markaziy va translyatsiya punktlari, samolyotlarni boshqarishning yerga joylashgan radionavigatsiya vositalari – radiomayaklar, lokatsiya kurilmalari.
uchish-kunish yulaklarining yoruglik texnik inshootlari. Shuningdek tarozilar, dozatorlar, manometrlar, termostatlar, ilmiy-tadkikot labaratoriyalari, seysmik stansiyalar apparaturasi va boshqalar kiradi;
boshqa mashina va uskunalarga -- yuqorida sanab o‘tilmagan mashina va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Uzatish moslamalari. Energiya va axborotlarni yetkazish uchun tugallangan fuksional uskunalal. Bunga elektr uzatish liniyalari, issiqlik o‘tkazgichlar, turli vazifali quvur o‘tkazgichlar, radiorele liniyalari, aloqa kabel liniyalari inshootlari va qator shunga o‘xshash ob’ektlardir.
3-rasm: Asosiy vositalardan foydalanish darajasiga ko‘ra turkumlanishi
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
|
| |