|
Reja I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 9/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 254,5 Kb. | | #140244 |
Bog'liq Asosiy fondlardan tushunchasi, mohiyati va mazmuniQoplanadigan qiymat – bu aktivning quyidagi qiymatlaridan yuqorirog‘i: sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va uning foydalanishdagi qiymati.
Aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo‘yicha baholangan harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo‘lganidek aktivning chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish
Asosiy vositalarni chiqib ketishi u yoki bu ob’ektni ishlashini to’xtati-lishi va uni harakatdagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarib yuborilishini bil-diradi. Asosiy vositalarni chiqib ketishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
tugatish;
sotish;
almashtirish;
qaytarib olmaslik sharti bilan berish;
pay badali ko’rinishida berish.
Bulardan tashqari asosiy vositalarni chiqib ketishiga tabiiy ofat nati-jasida yoki halokat natijasida nobud bo’lishi, moliyalashtiriladigan ijaraga be-rish natijasida yoki inventarizatsiya natijasida kamomad tariqasida aniqlanishi oqibatida chiqib ketishi ham mumkin.
Asosiy vositalarni chiqib ketishini hujjatli rasmiylashtirish ularni chiqib ketish sabablariga bog’liq. Ularni sotish, qaytarib olmaslik sharti bilan (hadya sifatida) berish va moliyalashtiriladigan ijaraga berish «Asosiy vosita-larni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi» orqali rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni kamomadi esa inventarizatsiya (yuqlama) dalolatnomasida qayd qilinadi. Asosiy vositalarni eskirishi, halokat yoki tabiiy ofat natija-sida chikib ketishi «Asosiy vositalarni tugatilishi haqida dalolatnoma» orqali rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarni chiqib ketish jarayoni turlicha vaziyatlarda yuz berishi mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, korxonaning asosiy vositalarini hisobdan chiqarilishi ularni ixtiyoriy (sotish, almashtirish) hisobdan chiqarish natijasi yoki majburiy (yong’in, zilzila, suv toshqini kabi tabiiy ofatlar oqibati) nati-jasidir. Asosiy vositalarning majburiy hisobdan chiqarilishi korxona nazora-tidan tashqarida bo’lib, u tabiiy ofatlar natijasida yuz beradi. Shuningdek, asosiy vositalarni majburiy chiqib ketishiga davlatning o’z mulkiy huquqidan foydalanish natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkini olish (ma’lum bir sharoitlarda - davlat ahamiyatidagi magistral yo’llar, kanallar, zavod yoki fabri-kalar qurilishi sababli ekspropriatsiya qilish) huquqini ham aytish mumkin.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilayotganda, uni hisobdan chiqariladigan sanagacha bo’lgan davrga eskirish hisoblanishi va uni boshlang’ich qiymatiga mos ravishda o’zgartirishlar kiritish zarur. Shuningdek, asosiy vositaga to’g’ri kela-digan soliqlar, sug’urta xarajatlari va shunga o’xshash xarajatlar, o’sib boruvchi yakun bilan chiqib ketish sanasiga hisoblanadi. Aktivning chiqib ketishi paytiga ob’ektning boshlang’ich qiymati va uning xizmat muddatida hisoblangan eskirish summasi taalluqli buxgalteriya hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositaning balans qiymati va uning sotishdan tushgan tushumning farqi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda foyda va zarar sifatida aks ettiriladi. Agar asosiy vositalarni hisobdan chiqarish haqidagi qaror hisobot yilining oxiriga yakinroq qabul qilingan bo’lsa, u holda hisobdan chiqarishidagi zararlar shu yilda hisobga olinadi. Kutilayotgan hisobdan chiqarish xarajatlari zararlarni oshiradi va taxmin qilinayotgan qarzlarni shu xarajatlarso’mmasida hisobga olish zaruratini tug’diradi.
Endi asosiy vositalarning chikib ketishini qayd qilish tartibini, ya’ni buxgalteriya hisobida rasmiylashtirish tartibini har bir sabab bo’yicha alohida –alohida ko’rib chiqamiz.
|
| |