|
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 254,5 Kb. | | #140244 |
Bog'liq Asosiy fondlardan tushunchasi, mohiyati va mazmuniKurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi, yetakchi olimlarning keng ilmiy izlanishlari va metadologik uslublariga tayanib,
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va tartibi takomillashtirish
va uning makroiqtisodiy barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdagi rolini
oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun ilmiy ishimiz oldiga quyidagi vazifalarni hal etish
qo’yildi:
-Asosiy vositalarni tushunchalarini o’rganish;
-Asosiy vositalar mazmun mohiyatini anglash;
-Asosiy vositalarni turkumlashni o’rganish;
-Asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash xarajatlari va keyingi kapital qo’yilmalar hisobini o’rganish;
Kurs ishidagi tadqiqot ob'ekti asosiy fondlarini tushinish mazmun mohiyati anglash turkumlash.
Tadqiqot predmeti - asosiy vositalar tushunchasi mazmun mohiyatini ilmiy adabiyotlar asosida asoslay olish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, 41 sahifadan tashkil topgan.
II. Asosiy qism
2.1. Asosiy fondalar tushunchasi
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o’zining natural-moddiy holatini yo’qotmaydi hamda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o’tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazish jarayoni amortzisiya deb, ushbu jarayonda to’plangan mablag’lar esa amortizasiya ajratmalari deb ataladi. Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
- uzatish qurilmalari;
- quvvat mashinalari va uskunalari;
- ishchi mashinalar va uskunalar;
- transport vositalari;
- o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
- foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda belgilab qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo’lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo’lib, shu sababli o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish va boshqa obyektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog’lomlashtirish yo’nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o’z qiymatini sekin-asta yo’qotishi kabi ko’p jihatlari bilan o’xshashdir.
Korxona asosiy fondlarining tarkibi.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi ko’rinishida aks ettirish mumkin.
Mehnat predmetiga o’tkazuvchi ta’siriga ko’ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko’plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog’i ortadi, ularning tarkibi va ko’rinishi o’zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p xarajatlar sarflanadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang’ich qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajat-larni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjat-larida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli obyektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir.
Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma ko’rinishda aks ettirish mumkin.
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukam-mallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
|
| |