|
Reja: I. Kirish II bob. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. 1 Paint pikselli tasvirlar muharriri
|
bet | 15/17 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #231662 |
Bog'liq GRAFIK AXBOROTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASISkaner ishlashining sxematik ko‘rinishi.
CCD- va CIS-skanerlarining afzalliklari va kamchiliklari
|
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
CCD
|
Yuqori ruxsat etish xususiyati (CCD-skaneri 2400 dpi ruxsat berish xususiyatiga ega); Lampalarning uzoq muddat hizmat qilishi;
Skanerlash sifatining yuqoriligi.
|
CIS-skanerlariga qaraganda narxining balandligi; Skanerlashdan oldin lampaning uzoq muddat qizishi; Qo‘shimcha ta’minot manbayiga
bo‘lgan extiyoj.
|
CIS
|
O‘lchamining unchalik katta emasligi; tez ishga tushishi; narxining yuqori emasligi;
Elektr energiyasini kam iste’mol qilishi (ko‘p CIS-skanerlar elektr
energiyasini USB orqali oladi).
|
Ruxsat berish xususiyatining cheklanganligi (1200 dpi gacha); skanerlash sifatining nisbatan pastligi.
|
Skanerlar ko‘pi bir nechta «tez skanerlash» tugmalari bilan jihozlangan. Tez ishga tushirishning tipik funksiyalari, odatda, printer orqali bosmaga chiqarish bilan skanerlashning standart operatsiyasini ishga tushirish, keyinchalik elektron pochta, faks orqali jo‘natish kabi funksiyalarni anglatadi.
Zamonaviy skanerlar ixtisoslashgan protsessorlar bilan jihozlanadi. Bunday protsessorlarning vazifasi barcha zanjir va bog‘lamalarning harakatini muvoffiqlashtirish hamda tasvir haqidagi ma’lumotlarni shaxsiy kompyuterga uzatish uchun shakllantirish kiradi. Skanerlarning ba’zi modellarida protsessorlarga interfeys kontrollerlarining vazifalari ham yuklanadi. Bugungi SOHO-skanerlarning interfeysli platada joylashgan USB, FireWire va SCSI interfeyslari bilan jihozlangan. Turli interfeysli appa- ratlarda xuddi shunday turli kontrollerlar o‘rnatilgan. Ular o‘zaro moslashmagan.
Epson Perfection V10 skaneri qopqog‘ini qotirishning yangi konfiguratsiyasi kitobdan va qalin hujjatlardan skanerlash uchun qopqoqni 90º yoki 180ºga ochish imkoniyatiga ega, yopiq qopqoq bilan foydalanuvchilar 25 mm gacha qalinlikdagi hujjatlarni skanerlay oladilar. Yuqori sifatli tasvir 3200 dpi ruxsat berishi va 48 bitli rang hisobiga olinadi.
|
| |