|
M. V. Lomonosov — issiqlikning mexanik nazariyasi asoschisi
|
bet | 3/11 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 106,35 Kb. | | #116914 |
M. V. Lomonosov — issiqlikning mexanik nazariyasi asoschisi. Uzoq vaqtlarga qadar issiqlikning tabiati haqida ikki hil fikr hukm surib keldi. Birinchi gipotezaga ko’ra jism qizdirilganda u issiqlik oladi, sovitilganda esa issiqlik beradi, ya'ni qizigan jism shu jism moddasi bilan issiqlik aralashmasidan iborat. Boshqacha aytganda, issiqlik ham modda. U istalgan jismga kira oladi va undan chiqa oladi. Bu fikrni 1613 yilda ilgari surgan Italiya astronomi va fizigi Gallileo Galiley (1564— 1642) issiqlik moddasiga flogiston, ya'ni teplorod deb nom berdi. Uning fikiriga ko’ra flogiston jismlar orasida turlicha taqsimlanadi. Jismda u qancha ko‛p bo‛lsa jism harorati shimcha yuqori bo’ladi.
Ikkinchi gipotezani 1620 yilda ingliz filosofi R. Bekon ilgari surdi. U bolg‛a bilan urilganda temir parchasining qizishiga va jismlar bir-biriga ishqalanganda uchqun hosil bo’lishiga asoslanib, issiqlik jismdagi nihoyatda mayda zarrachalarning ichki harakatidan iborat vajism harorati undagi zarrachalarning harakat tezligi bilan aniqlanadi, degan xulosaga keldi. Bu nazariya fanda issiqlikning mexanik nazariyasi degan nom oldi. Uni asoslash va rivojlantirishga' rus olimi M.V.Lomonosov katta hissa qo’shdi.
"Juda yaxshi ma'lumki,—deb yozgan edi M V. Lomonosov,— issiqlik harakattufayli vujudga keladi: qo’l bir-biriga ishqalanganda isiydi, yog‛och alanga olib ketadi, toshtoshga urilganda uchqun paydo bo’ladi, temirga tez-tez kuchli zarba tushib tursa, qizib ketadi, zarba to’xtatilganda issiqlik kamayib, nihoyat jism soviydi".
M.V.Lomonosov shunday xulosaga keladi: "Bularning hammasidan ravshanki, issiqlik uchun yetarli asos harakatdadir".
Harakat materiyasiz sodir bo’la olmasligi sababli issiqlik uchun yetarli asos biror materiyaning harakatida bo’lishi kerak. Jismlar ikki hil harakatda bo’ladi: umumiy harakat — bunda bir jism tinch holatda turgan boshqa jismga nisbatan o’z joyini o’zgartiradi va ichki harakat — bunda materiyaning sezilmas zarrachalari o’z o’rnini o’zgartiradi. Umumiy harakat juda tez bo’lganda ham issiqlik hosil bo’lishi kuzatilmaydi, aksincha, bunday harakat bo’lmaganda ham issiqlik paydo bo’lishi kuzatiladi. Demak, ravshanki, issiqlik materiyaning ichki harakatidir.
Keyingi o’tkazilgan tajribalar Lomonosovning issiqlik haqidagi bu fikrlari tamoman to’g‛ri ekanligini ko’rsatdi.
Ish deganda nimani tushunamiz? Mexanik ish bajarish — qarshilikni, molekulyar kuchlarni, og‛irlik kuchini va boshqa kuchlarni yengish demakdir. Jismni qismlarga bo’lish, yukni ko’tarish, relslardan poyezdlarni tortish, prujinani siqish — bularning hammasi ish bajarish ma'lum vaqt oralig‛ida qarshilikni yengish demakdir. Gazni, suyuqlikni, qattiq jismni siqish — ish bajarishdir. Bu ishlar bir-biriga o’xshamasa ham, ularda bitta umumiylik bor? ish harakat bilan bog‛liqdir; yuk ko’tariladi, poyezd siljiydi, porshen dvigatel silindrida sirpanadi. Harakatsiz ish yo’q, lekin ish tartibli harakat bilan bog‛liq; yukning hammasi yuqoriga tomon siljiydi, porshen silindrda bir yo’nalishda harakatlanadi. Demak, ish tartibli harakatning bir tizimdan boshqa tizimga uzatilishidan iborat. Issiqlik ham harakatning bir tizimdan boshqa tizimga uzatilishidan iborat. Shu jihatdan ular bir-biriga o’xshaydi. Lekin ular orasida printsipial farq bor. Issiqlik— molekulalarning tartibsiz harakatining uzatilishi. Ish — tartibli, bir tomonga yo’nalgan harakatning uzatilishi.
Tartibsiz harakatning iloji boricha ko’p qismini qanday qilib tartibli harakatga aylantirish, issiqlik yordamida qanday qilib eng ko’p ish bajarish mumkin — terrnodinamikaning muhim vazifasi ana shu masalani hal etishdan iborat.
|
| |