• 1. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
  • Reja: Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar




    Download 83 Kb.
    bet1/4
    Sana20.04.2024
    Hajmi83 Kb.
    #202227
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8 Investitsiya faoliyatini amalga oshir va tartibga solish.
    2 5456443301718667270, amaliyot shartnomasi, English A1 (1-topshiriq), Annaul-report-2022, Kurs ishi mavzu O‘zbek tilida fe’l nisbatlari-fayllar.org, Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (1), Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini (2), 1 short newspaper articles on familiar topics, Nouns, osiyo taraqqiyot banki, Funksiyalari, 13710 1 6189F280D8C848877BD1427B4D7D754A1C5DCF4E, Mavzu Boshqaruv maqsadi va funksiyalari-fayllar.org, 20NORMURODOV SHOHBOZ, 11-grade cw

    Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va tartibga solish.
    Reja:
    1. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar.
    2. Investitsiya muhitini baholash usullari.
    3. Investitsiya muhitida investitsion salohiyatni o’rni. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-me’yoriy tizim.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
    Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir.
    Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar: «Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega»1. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi.
    «Investitsiya muhiti» va «investitsiya iqlimi» sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi-olimlardan D.G’ozibekov va T.Qoralievlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi»2.
    Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi. Investitsiya muhiti holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishini talab etadi.
    Investitsiyaviy jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror-bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsiya riski darajasi nuqtai nazaridan baholanishi. Investitsiyaviy jozibadorlik investitsiya salohiyati va investitsiya riski darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqligi hamda jozibadorligi, investitsiya riski darajasini aniqlash mumkin. Investitsiya riski darajasi investitsiya muhitiga, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
    Investitsiya muhiti tabiiy shart-sharoitlar, foydali qazilmalar zahiralari, ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig’imi, tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, valyuta siyosati, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning yaratilganligi kabi omillar orqali belgilanadi.
    Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o’zida aks ettirgan voqelikdir. Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.
    O’zbekistonda jahon talablariga mos, milliy xususiyatlarga xos investitsiya dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagi qo’shimcha chora-tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi:
    – iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni proportsional jalb etishning umumlashgan aniq dasturini ishlab chiqish;
    – tarmoq xususiyati va iqtisodiyot rivojiga qarab erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish;
    – tarmoqlardagi mas’ul xodimlarning xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi faolligi va mas’ulligini oshirish;
    – tarmoqlarda aloqa, telekommunikatsiyani rivojlantirish orqali investorlarning erkin va to’liq axborotlar olishini ta’minlash.
    O’zbekistonda xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va xorijiy investorlarni respublikaga ko’proq jalb etish maqsadida ularga uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan.
    Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir. O’zbekistondagi investitsiya muhitining asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidadir.

    Download 83 Kb.
      1   2   3   4




    Download 83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar

    Download 83 Kb.