|
Avezov Mebellari
|
bet | 1/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 2,65 Mb. | | #144883 |
Bog'liq IND loihaAvezov Mundarija
KIRISH 2
1-BOB. Dasturlar haqida 3
1.1 Dasturlar 3
1.2 Android dasturlar 5
1.4 Google Play (avvalgi Android Market) 7
1.5 IOS nima? 8
1.6 IOS dasturlash nima? 8
2-BOB. Mebel ustaxonasi uchun Web sayt yaratish 13
2.1 Ustaxonadagi ish jarayonlarinin o’rganib chiqib ma’lumot to’plash. 13
2.2 Ishchilarni ustaxonadagi vazifalarini o’rganish. 14
2.3 Saytni yaratishda foydalaniladigan dasturlar. 15
2.4 Websaytni ishlab chiqish. 16
XULOSA 22
Manba va Adabiytlar 23
Ilovalar 24
KIRISH
Ushbu loyiha Individual loyiha uchun 943-21 guruh tolibi Islomov Elyor tomonidan tayyorlangan bo’lib, unda Avezov mebellari mavzusida ustaxona haqidagi ma’lumot beruvchi sayt yaratilgan. Saytning asosiy mohiyati shundan iboratki unda mebel ustaxonasi haqida ma’lumotlar beriladi, uning ichidagi ish xonalari stanoklar va ishchilar, ishchilarning vazifalari haqida bafurcha ma’lumotlar beriladi. Sayt yaratish jarayoni boshlanishidan oldin meni shaxsan o’zim bir nechta mebel ustaxonalariga kirib ulardagi ish muhiti, shart sharoitlarni va ishchilarga yuklangan vazifalarni o’rganib chiqdim. Shular asosida ushbu loyihani tayyorlandi.
Dasturlar
Dasturlash — kampyuterlar va boshqa mikropratsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, JAVA, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi. Yangiliklar Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.
Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo (x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.
Android dasturlar
Android (yunocha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“) — smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, o’yin privsavkalari, noutbooklar, netbuklar, smartbuklar, Goodle Glass koʻzoynaklari[, telivizorlar, proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.
Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi oʻrnatilganligi hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.
Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.
|
| |