• Google Play (avvalgi Android Market)
  • IOS dasturlash nima
  • Avezov Mebellari




    Download 2,65 Mb.
    bet2/8
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,65 Mb.
    #144883
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    IND loihaAvezov
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya
    Qurilmalar

    Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ qurilmalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu qurilmalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqdi.
    Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ IWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi „Nexus Q“ mediapleyeri mavjud. Shu bilan birga Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
    2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida xabar berdi.

      1. Google Play (avvalgi Android Market)


    2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.
    2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.


      1. IOS nima?

    IOS – Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan mobil operatsion sistemasidir. Hozirga kelib, kompaniyaning iPhone, iPad, Apple Watch kabi qurilmalari ushbu tizim asosida ishlaydi.

      1. IOS dasturlash nima?

    IOS dasturlash – IOS operatsion sistemasida ishlovchi iPhone, iPad kabi qurilmalari uchun mobil dasturlar yozishdir. IOS dasturlash uchun asosan 2ta til: Objective-C va Swift tillaridan foydalanishadi. Ammo oxirgi yillarda, Swift yangi va zamonaviy til bo’lgani uchun bozordagi ulushi kattarib bormoqda.



      1. Download 2,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,65 Mb.