|
IOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi?
|
bet | 5/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 2,65 Mb. | | #144883 |
Bog'liq IND loihaAvezovIOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi?
1 yoki 2 yil ketishi mumkin bunga. Agar sizdfa yetarlicha vaqt bo’lsa, bundan ham tezroq IOS dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Bir necha oyda fundamental bilimlarni egallab, to-do list ga o’xshash dasturlarni egallashingiz mumkin.
IOS dasturlashni qayerda o’rganish mumkin?
Agar siz ushbu dasturlash sohasiga qiziqsangiz va aniq bir loyihaga asoslangan kurs qidirayotgan bo’lsangiz, bizning IOS Paktikum kursimiz aynan siz uchun. 6 oy davomida 0 dan ish topadigan darajadagi kadr qilib chiqishingiz mumkin. Boshlang’ich bilim talab qilinmaydi. Kursda 3ta real loyiha qilib ko’rasiz.
2-BOB. Mebel ustaxonasi uchun Web sayt yaratish
Ustaxonadagi ish jarayonlarinin o’rganib chiqib ma’lumot to’plash.
Men mebel ustaxonasi haqida ko’proq tasavvurga ega bo’lish maqsadida ikki uch kun davomida ustaxonaga borib ish jarayonlarini kuzatdim. Men borogan ustaxona asosan ikki xil mavsum uchun jihozlangan ekan, ya’ni issiq mavsum uchun yog’och va taxtadan yasaladigan sup ava shunga o’xshash mebellarni tayyorlovchi stanoklar alohida xonada edi, va qolganlari doimiy ishlatiladigan stanoklar edi. Yana bitta xonasida ikki xil stanok ishlatiladi bulardan biri mdf materialiga naqshlar o’yish uchun “Rover” stanoki va boshqa materiallarni kesish uchun “двухпильный” stanoklari. Yana bitta xonasi kraska sepish uchun maxsus jixozlangan bo’lib bu xonaning o’zi 3 bo’lakka bo’lingan. Bular silliqlash, kraska sepish va quritish xonalari. Kraska seepesh jarayoni tugagach yana bitta xonada mebelni yig’ish ishlari bajariladi. Shunday qilib mebel ustaxonada jami 3 ta jamoa ishlaydi. Bular “Rover” stanokini ishlatuvchi va mebel dizaynini yaratuvchilar, Kraska sepuvchilar va yig’uvchilar. Jamoa a’zolari aytishlaricha ustaxonada asosan 2 mavsum mebellari yasaladi. Ya’ni yozgi mavsumda asosan bog’da oilaviy o’tirish uchun supa (xorazmchasiga aytganda tapchan), va yilning qolgan oylarida asosan to’y mebellari yasalib mebel do’konlarga topshiriladi.
Ishchilarni ustaxonadagi vazifalarini o’rganish.
Dizayner (Rover stanokini ishlatuvchi) : bu ishga javobgar ishchining vazifasi mebellar uchun yangicha dizaynlar yaratish va ularni Rover stanokida o’yib olish uchun maxsus chizmalar chizish hamda tayyor chizmalarni stanokda o’yishdan iborat.
Silliqlovchi : bu ishga javobgar ishchilarning vazifasi Rover stanokida naqsh o’yilgan mebel qisimlarini silliqlashdan iborat
Kraska sepuvchi : bu ishga javobgar ishchilar silliqlangan mebel qisimlariga kraska sepib ishlov berishdan iborat.
Yig’uvchi : bu ishga javobgar ishchilar kraska sepib tayyorlangan mebel qisimlarning o’lchamlariga moslab qolgan qisimlarni kesish va yig’ish ishlarini bajarishadi.
Hamma ishlar bitib mebellar tayyor holatga keltirilganidan so’ng do’konga yetkazib yig’ib beriladi.
Saytni yaratishda foydalaniladigan dasturlar.
Dizaynni yaratish uchun Figma.com sayti yoki shu saytning kampyuter dasturi.
Kerakli rasmlarga ishlov berish uchun Photoshop dasturi.
Kod qismini yozish uchun Visual studio code dasturi.
|
| |