|
IOS dasturlashni o’rganish qiyinmi?
|
bet | 4/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 2,65 Mb. | | #144883 |
Bog'liq IND loihaAvezovIOS dasturlashni o’rganish qiyinmi?
Agar sizda aniq maqsad va sabr-toqat bo’lsa, dasturlashni o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Til o’rganish bo’ladimi yoki dasturlash, farqi yo’q – shuni yodda tutishingiz kerakki, bu sayohat. Kodlash juda ko’p debuggingdan tashkil topgan sayohat desak bo’ladi.
PYTHON o’rganaymi yoki Swift?
Swift va Python ko’p tomonlama farqlanasada, Swift tezroq ishlashi bilan ajralib turadi. Agar Apple OS uchun dastur yaratayotgan bo’lsangiz, Swiftni tanlashingiz mumkin. Agar sun’iy intellekt yoki backend bilan ishlayotgan bo’lsangiz, Pythonni tanlaysiz.
IOS dasturchilarga talab bormi?
Juda ko’p kompaniyalar, banklar, elektron bozorlar, moliyaviy tashkilotlar kabilar mobil foydalanuvchilarni birinchi o’ringa qo’yayotgani bois, Apple mobil qurilmalari uchun dastur yaratidan iOS dasturchilariga talab oshsa oshadiki, yo’qolmaydi.
IOS dasturlash veb dasturlash dan osonroqmi?
Umuman, dasturchilik oson emas. Odatda biz boshlang’ich o’rganuvchilarga veb dasturlashni o’rganishni tavsiya qilamiz. Parse va Swift iOS dasturlashni osonlashtirgan bo’lsada, boshlovchilarning veb dasturlashga kirishib ketishi haligacha osonroq deb hisoblanadi.
IOS dasturlash android dasturlashdan qiyinroqmi?
Judua ko’pchilik mobil dasturchilar iOS dasturlash Androiddan osonroq deb hisoblashadi. Swiftda kod yozish, javada kod yozishdan kamroq vaqt sarflanadi. iOS uchun ishlatiladigan dasturlash tillarini o’rganish va uni egalalsh Androidnikiga qaraganda osonroq.
Swiftni o’rganish kerakmi?
Swift dasturlash tili Objective-C ga qaraganda yangiroq til hisoblanadi. Swiftda kod yozishni bilish, sizga mobil dasturlar, Mac va boshqa Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzish imkonini yaratadi.
|
| |