|
Sanoat korxonalarini joylashtirish
|
bet | 9/9 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 52 Kb. | | #117969 |
Bog'liq Ishlab chiqarish turlari va ularning texnik iqtisodiy tasnifiSanoat korxonalarini joylashtirish. Geografik nuqtayi nazardan sanoat korxonalari xomashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda bunyod etiladi. Lekin shu bilan birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo’lgan sharoitlar ham ma’lum darajada hisobga olinadi. Hududning meterologik va relief sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborga olinadi.
Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog’ vodiylarida, yirik daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirilmagani ma’qul. Tog’ vodiysida mahalliy shamol doimo tog’dan vodiy bo’ylab esadi, binobarin, korxona atmosferaga chiqargan chiqindilarni vodiyning quyiqismiga haydab keladi. Chirchiq – Ohangaron, Surxondaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin. Daryo bo’ylarida joylashgan korxonalar o’z chiqindilarini unga oqizib keladi, natijada suv turli chiqindilar bilan ifloslanadi. Zarafshon, Ohangaron, Surxondaryo suvlarining iflosligi korxonalar tashlayotgan oqava suv va chiqindilar bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt suvlarini ifloslaydi. Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof – muhit ifloslanishining ildini olishga ahamiyat berilishi lozim.
|
| |