Reja: Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan




Download 52 Kb.
bet5/9
Sana13.12.2023
Hajmi52 Kb.
#117969
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish turlari va ularning texnik iqtisodiy tasnifi

Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim; birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak . Masalan , tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining ko’p bo’lishi shart emas, ularga ‘’oz va soz’’ malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar ( radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy- texnik markazlarga joylashtiriladi. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir . Bu omilning roli esa hozirgi kunda , xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo’lgan oziq – ovqat , kiyim – kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste’mol omili oziq – ovqat korxonalarini o’ziga ‘’tortadi’’ , ya’ni bunday zavod va fabrikalari bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi.
Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi , ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarda qurilishini nazarda tutadi. Masalan , qishloq xo’jaligi mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog’I yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holder. O’zbekistonda paxta teruvchi , Belarusda kartoshka teruvchi , Ukrainada qand lavlagi teruvchi , Gruziyada choy teruvchi mashinalarini ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek , boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo’lishi maqsadga muvofiq.

Download 52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan

Download 52 Kb.