|
Reja: Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan
|
bet | 6/9 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 52 Kb. | | #117969 |
Bog'liq Ishlab chiqarish turlari va ularning texnik iqtisodiy tasnifiTransport omili. Bu omil juda muhim edi bo’lib, u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun taransportning ahamiyati barcha omillari bilan birga qo’shilib, uyg’unlashib ketadi va uni ‘’sof’’ holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy- geografik o’rin omili bilan ham chambarchas bog’liq zero bu o’rin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan – texnika taraqqiyoti omil. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi ( mashinasozlik, elektro- texnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar , ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy – texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekalogik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarning faolyati shu nuqtai nazardan to’talgani bejiz emas. Ekalogik jihatdan ko’plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog’och – selluloza, go’sht, konserva, charm zavodlari , issiqlik elektrostansiyalari va shunga o’xshash korxonalar ‘’nomaqbul’’ hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqroqda joylashishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti- murakkab tushuncha bo’lib, bosqichma- bosqich o’tiladigan iqtisodiy munosabatdir. Yevropa davlatlari bu borada boy tajribaga ega, chunki ularda bu munosabat uzoq yillar davomida shakillanib kelmoqda.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun avvalo barcha shart- sharoitni yaratish kerak, ya’ni uning o’ziga xos moddiy, maishiy vama’daniy infrastrukturasi bo’lmog’I lozim. Shuning uchun bunday munosabatlarga o’tish tarixan bir muncha uzoq davrni talab etadi va bosqichma – bosqich, ya’ni evalutsion rivojlanishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti – ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir. Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot , mulkchilikning turli shakillari va sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish hududiy tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvni va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o’zining regional ( hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan
|