|
Reja: Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. Haqiqiy
|
bet | 8/8 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 93,57 Kb. | | #157180 |
Bog'liq Makro 7-mavzu Qisqacha xulosalar
Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat to‘liq bandlik sharoitida ro‘y beradi, qisqa mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya’ni tbaho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafs etiladi deb hisoblashishadi.
Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli o‘laroq ingliz iqtisodchisi J. Keyns o‘zining to‘liq bandlik mavjud bo‘lmagan sharoitda ham makroiqtisodiy muvozanat ro‘y beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda to‘liq bandlilik faqatgina tasodifiy ro‘y beradi deb hisoblaydi.
Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni ta’minlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv
nuqtasida ro‘y beradi. Bu modelda tovar zahiralarining o‘zgarishi makroihtisodiy muvozanatni ta’minlovchi omil deb qaraladi.
Yalpi daromadlarning avtonom xarajatlar miqdoridagi dastlabki o‘sishdan (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sishi (kamayishi) multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka ega.
Makroiqtisodiy muvozanat potensial YaIM hajmidan kamroq bo‘lgan haqiqiy YaIM hajmida o‘rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo‘lsa inflatsion uzilish ro‘y beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning mohiyatini tushuntirib bering.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?
Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta’rif bering.
Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi mexanizmga izoh bering.
Multiplikativ samara nima sababdan ro‘y beradi.
Retsession uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?
Inflatsion uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?
|
| |