|
-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi retseession uzilish
|
bet | 7/8 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 93,57 Kb. | | #157180 |
Bog'liq Makro 7-mavzu 7.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi retseession uzilish.
YaMM (YaIM)ni to‘liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o‘stirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko‘paytirilishi zarur bo‘lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-rasm).
Ishlab chiqarishda to‘liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo‘qotish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan
«V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o‘sishi ΔU quyidagiga teng bo‘ladi:
7.4-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi inflatsion uzilish.
ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko‘p bo‘lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo‘lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o‘rtasida inflatsion uzilish ro‘y beradi (7.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY) qisqarish quyidagicha bo‘ladi:
ΔY=Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko‘ra tovar moddiy zahiralarining o‘sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi.
|
| |