• Avtonom xarajatlar multiplikatori.
  • -rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)52




    Download 93,57 Kb.
    bet5/8
    Sana15.02.2024
    Hajmi93,57 Kb.
    #157180
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Makro 7-mavzu

    7.2-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)52


    O‘z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo‘lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko‘ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o‘sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.


    Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o‘zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o‘sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.


      1. Avtonom xarajatlar multiplikatori.


    Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn)
    mul’tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
    Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori muvozanatli YaIM o‘zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi:

    m = ΔY /ΔA:


    Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori; ΔY – muvozanatli YaIMning o‘zgarishi;
    ΔA – avtonom xarajatlarning Y o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishi.
    Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o‘sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) ko‘rsatadi.
    Avtonom iste’mol ΔCA miqdorga o‘ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) ning o‘sha miqdorda o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MPC x ΔCA miqdorda o‘sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o‘sadi. Shunday qilib, «daromad- xarajat» ko‘rinishidagi doiraviy aylanish bo‘yicha jarayon davom etaveradi.
    ΔCA↑🢡 >AD↑🢡Y↑🢡C↑🢡AD↑🢡Y↑🢡C↑🢡AD↑🢡Y↑ va hokazo. Ushbu oddiy vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y),
    avtonom iste’molning dastlabki o‘zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko‘p o‘zgaradi. Bu shuni bildiradiki, C, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o‘zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib, o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
    Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so‘mga ko‘paysin. Bu, o‘z navbatida ish haqi, renta, foyda ko‘rinishda uy xo‘jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo‘jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75
    mlrd. so‘mni iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so‘mni jamg‘aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so‘m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O‘z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so‘mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg‘aradilar. Bu jarayon oxirgi so‘m jamg‘arilmaguncha davom etadi.
    Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1

    Download 93,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 93,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)52

    Download 93,57 Kb.