• KIRISh
  • Nazariy elektrokimyo fani predmeti va o‘rni
  • Reja: Kirish. Amaliy elektrokimyo fani maqsadi va vazifalari




    Download 24.23 Kb.
    bet1/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi24.23 Kb.
    #135915
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    elektrokimyoning asosiy tushunchalari va ahamiyati
    Введение, IT - SHODMONZODA SARVINOZ 2-Lab - TerDU-sirtqi, aristotelning-hayoti-va-ilmiy-merosi, O‘rnatilgan tizimlarda qo‘llaniladigan zamonaviy protsessorlar, 2 sinf uchun ochiq dars ishlanmasi, 2-laboratoriya ishi 12-variant, 3 Laboratoriya ishi 15-variant, 2-Amaliy ish DJamshid, Ochiq tizimlarda entropiyaning lokal kamayishi. Dissipativ struk (5), Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi. Funksiyani, 24, Matnli hujjatlar bilan ishlashda bulutli texnoliyalardan foydala-fayllar.org, Quyosh panellari, Абдужалолов — сын Эльёра Комилжона. 1

    Mavzu: elektrokimyoning asosiy tushunchalari va ahamiyati

    REJA:


    • Kirish. Amaliy elektrokimyo fani maqsadi va vazifalari.

    • Elektrokimyo fanining rivojlanish tarixi.

    • Elektrokimyoviy jarayonlarning O‘zbekistonda qo‘llaniladigan sohalari.

    KIRISh

    Yillar davomida kimyoviy energiyalarning elektr energiyasiga aylanish asoslari va tamoyillari haqidagi va aksincha kimyoviy reaktsiyalarni elektr usullari bilan boshqarish asoslarini o‘rgatuvchi fan bo‘lmish elektrokimyo tinimsiz rivojlanib keldi.

    Elektrokimyoning bir fan sifatida taraqqiy etishi ilmning boshqa sohalari bilan uzviy aloqadorligida hamda asbobsozlikning rivojlanishi yordamida sodir bo‘lgan. Masalan, fizikadagi elektromagnit hodisalarining paydo bo‘lishi faqat elektrokimyoning sharofati bilan birinchi kimyoviy tok manbasi yaratilgandan keyin mumkin bo‘ldi. Boshqa tomondan, ikkilamchi kimyoviy tok manbalari (akkumulyatorlar)dan tortib zamonaviy yoqilg‘i elementlariga hamda metallar va qotishmalarning sirtini elektrocho‘ktirishning modifikatsiyalash usullaridan tortib zamonaviy nanotexnologiyalarga qadar elektr energiyani olish usullaridan elektrokimyoda foydalanilishi – bu fanning rivojlanish yo‘li bo‘lib, elektrokimyoviy jarayonlarni texnika va turli xil texnologiyalarga tadbiq etilishidir. Xususan, hozirgi vaqtda texnologiyaning turli xil yo‘nalishlarida elektrokimyoning qo‘llanilishi kengayib bormoqda.

    Nazariy elektrokimyo fani predmeti va o‘rni

    “Amaliy elektrokimyo” fani esa elektrolitlar, ularning xossalari, elektrod bilan elektrolit chegarasida sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy jarayonlarning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu fan asosida talabalar elektr energiya va kimyoviy energiyalarning bir-biriga aylanishiga asoslangan jarayonlarning qonuniyatlari, bu jarayonlarga asoslangan ishlab chiqarishlarning nazariy asoslari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar.

    Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni nafaqat mavjud tabiiy xom ashyolardan, balki sanoat chiqindilaridan Respublikamiz iqtisodiyotida kerakli mahsulotlar olishda ulardan ratsional foydalanishni o‘rganishni tashkil etadi. Shuning uchun soha korxonalarida elektrokimyoviy tizimlarga va tanlangan xom ashyoga alohida talablar qo‘yiladi.


    Download 24.23 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish. Amaliy elektrokimyo fani maqsadi va vazifalari

    Download 24.23 Kb.