|
Luidji Galvani (1737–1798), italyan shifokori, biofizik, faylasuf va fizik olim
|
bet | 3/6 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 24,23 Kb. | | #135915 |
Bog'liq elektrokimyoning asosiy tushunchalari va ahamiyatiLuidji Galvani (1737–1798), italyan shifokori, biofizik, faylasuf va fizik olim. 1791 yilda L.Galvani tirik organizmlar harakatiga tashqi muhitning ta’siri haqidagi tajribalarini ta’riflab bergan. U bu tajribalarni laboratoriya sharoiti uchun tayyorlangan qurbaqalardan foydalanib o‘tkazgan.
Elektrokimyoning asoschilari
Alessandro Djuzeppe Antonio Anastasio Djerolamo Umberto Volta (1745–1827), italyan fizigi. A.Volta esa bu tajribalar bilan tanishib boshqacha xulosa chiqargan: bu tekshiruv tajribalarida qurbaqaning bunday harakatlanishining asosiy sababi tajribada ishlatilgan turli xil metallar, mis va po‘latdadir. Qurbaqa esa bu yerda o‘tkazgich sifatida ishtirok etadi. O‘zining gipotezasini isbotlash uchun u mis va rux elektrodlaridan “batareya” tayyorladi va har bir elektrodni sulfat kislotada ho‘llangan oraliq modda qatlami bilan ajratib qo‘ydi. Bu “batareya”ning (volt ustuni deb nomlangan) uchlarida katta miqdorda potentsiallar farqi (kuchlanish) hosil bo‘lib, qutblarida uchqunli zaryadsizlanish sodir bo‘ldi. Shunday qilib birinchi elektr tok manbai yaratildi.
Elektrokimyoning asoschilari
Alessandro Volta (1745–1827)
Elektrokimyoning asoschilari
Galvani tajribalaridan ilhomlanib Volta birinchi o‘zgarmas tok manbai - Volta ustunini kashf qildi. Volta mis va rux plastinkalaridan ustun shaklida joylashtirdi. Plastinkalar orasiga xlorid kislota eritmasiga to‘yintirilgan korton joylashtirdi. Ketma-ket ulangan galvanik elementlar qatori hosil bo‘ldi. Volta vafotidan keyin elektr toki kuchlanishi o‘lchov birligi volt deb ataldi.
Elektrokimyoning asoschilari
Iogann Vilgelm Ritter (1776–1810), nemis fizigi va faylasufi. Ultrabinafsha nurlanishni kashf qilishdan tashqari Ritter silindr ko‘rinishidagi elektr batareyasini yasadi. Bu batareyaga olim sharafagiga Ritter ustuni deb nom berildi. Ustun bir-biriga joylashtirilgan mis disklardan tashkil topgan. Disklar orasiga NaCl (osh tuzi) eritmasiga to‘yintirilgan karton qo‘yilgan. Zaryadlangan qurilmani zaryadsizlanish vaqtida yana tok olish imkoniyati paydo bo‘lgan. Shuning uchun Ritter ustuni zamonaviy akkumulyator batareyalarining otasi hisoblanadi.
|
| |