Reja kirish asosiy qism




Download 372,87 Kb.
bet2/9
Sana13.05.2024
Hajmi372,87 Kb.
#229998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili

MAQSAD VA VAZIFALAR


Odamzod pul va moddiy boyliklar hamma narsaning kaliti bo’lgan davrlarni boshdan o’tkazdi, qurol kuchi, zo’ravonlik bilan hokimiyat egallangan davrlarni ko’rdi. Mana, endi axborot barcha ne'matlardan ustun bo’lgan zamon keldi. Bunday jamiyatda kishilar o’rtasidagi munosabatlarda axborot omili yetakchilik qiladi. "Kimki haqiqiy axborotga ega bo’lsa, u dunyoga hukmronlik qiladi" degan mashhur naql ham birmuncha amaliy ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat hayotining barcha jabhalarida axborot hal qiluvchi kuch vazifasini o’taydi.
Ta’bir joiz bo’lsa, jamiyat axborot bilan nafas oladi, axborot bilan oziqlanadi.
Tezlik bilan rivojlanib va keng tarqalib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari davrida hayotimizni qo’l telefonlari, cho’ntak kompyuterlari, kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz juda ham qiyin.
Biz bilamizki hozirgi davrda boshqa texnika vositalari qatorida qo’l telefonlari ham takomillashib, murakkablashib, mukammallashib boryapti. Bunda foydalanuvchilar soni esa kundan kunga jadallik bilan oshib boryapti. Yosh boladan tortib keksa kishilargacha qo’l telefon xizmatlaridan foydalanishmoqda.
Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo’l telefonlari kuchayib ketdi. Ularda ham o’zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo’lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin. Ulardagi operatsion tizimlar ham sun’iy intellektga qarab takomillashib bormoqda. Shu jumladan, yaqin yillarda o’z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda smartfon bozorining 75 % ini egallashga ulgurgan Android operatsion tizimi yuqori ko’rsatkichlarni namoyish qilmoqda. Ya’ni, ushbu OTdan aholining 50-60 foizi foydalanadi. Operatsion tizim foydalanuvchilari qanchalik ko’payib borsa, unda ishlaydigan dasturlarga bo’ladigan ehtiyoj ham shunchalik kattalashadi.
Demak, Android uchun mo’ljallangan dasturlarni tuzish ko’proq talab etiladi. Biz ham shuni inobatga olib, hozirgi kunda ko’pchilik uchun qo’l keladigan dasturlarni qulay usulda yaratish usul va vositalarini o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Xususan, “Native Language” ya’ni har kimning o’zi puxta bilgan dasturlash tilida boshqa operatsion tizimlar uchun ham dastur tuza olish imkoniyatiga ega bo’lgan Delphi XE5 muhiti bilan ishlashni batafsil o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Bu ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:

  • Android operatsion tizimi haqida to’liqroq ma’lumotlarni qidirib topish, ularni o’rganish, tahlil qilish;

  • Android operatsion tizimiga moslashgan gadjetlar (planshetlar, telefonlar, pleyerlar va h.k.) ni o’rganish, yirik kompaniyalar mahsulotlarini tahlil qilish;

  • Android operatsion tizimida ishlaydigan dasturiy ta’minotlarning imkoniyatlarini o’rganish;

  • Delphi XE5 muhitining imkoniyatlarini o’rganish, tahlil qilish va undan foydalanish

  • Google korporatsiyasining Play Market loyihasi haqida ma’lumotga ega

bo’lish;

  • Delphi XE5 muhitida Android operatsion tizimi uchun dasturlar ishlab chiqishini o’rganish;



Download 372,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 372,87 Kb.