|
Android OTning hayotimizda tutgan o’rni
|
bet | 4/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 372,87 Kb. | | #229998 |
Bog'liq Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili 1.2 Android OTning hayotimizda tutgan o’rni
Hozirgi kunda har bir kishi o’z mobil telefoniga ega va biz telefonlarning rusumlari haqida ko’p eshitganmiz. Telefonlarning rusumlariga qarab tanlaymiz va narx ham shunga bog’liq deb o’ylaymiz. Mobil telefonning narxi bir jihatdan unda ishlayotgan operatsion sistemaga ham bog‘liqdir. Telefonimizda ishlayotgan dasturiy ta’minot nafaqat uning narxiga, balki telefonning boshqa xususiyatlari va qulayliklarini ham belgilab beradi. Bugungi kunda mobil tizimlar sohasida qo’llanilayotgan asosiy dasturiy ta’minotlar Symbian, Windows Mobile, iPhod systemasi, Android, Web OS va yana bir ochiq kodli yosh sistema Samsung Electronics ning kechagina yaratilgan Bada sistemasi.
Uznetning operatsion tizimlari umumiy davr bo’yicha.
Bugungi kunda juda tez ommalashayotgan, mobil qurilmalar uchun yaratilgan ochiq kodli operatsion sistema – Android tizimidir. Android dasturiy ta‘minotini ishlab chiqishda Googlening Java biblatekalaridan, mikroprotsessor kodi esa ARM arxitekturasida C dasturlash tilida va uni mashina kodiga o‘girishda GCC kompilyatoridan foydalniladi. Android grafikasi va animatsiya uchun ham ochiq kodli bo‘lgan OpenGL ES kutubxonalaridan, ma’lumotlarni saqlash va boshqarish uchun SQL lightdan foydalanilgan. Sistema MP3, MP4, MIDI, OGG, MPEG-4, WAV, formatidagi audio va video fayllarni hamda
JPEG, PNG, GIF, BMP farmatli suratlarni qo‘llab quvvatlaydi. Androidning 1.5- versiyasida sizga YouTubega videolarni yuklash va ekranda animatsion rejimda ishlash mumkin edi. 2009-yili 15 sentabrda taqdim qilingan Android
1.6 versiyasida Google dasturiy vositalari qo‘llanilgan bo‘lib, tezkor qidirish maqsadida ekranning yuqorisida ―quick search box joylashtirilgan. Yozishga erinadiganlar uchun esa tovush bilan qidirish texnologiyalari qo‘llanilgan. 2010yilning Oktabrida Android 2.0 ommaga taqdim qilindi. Bu versiya telefonning protsessor tezligini oshirib telefon protsessorining samarali ishlashini ta’minladi. Ishlab chiqilgan yangi Androidda kontakt listda joylashgan shuning uchun endi kontakt nomi bilan birgalikda uning rasmini ham qo‘yishingiz mumkin va siz bu kontaktning ustiga bossangiz alohida qismdan uni joylashgan joyini aniqlashda, Gmail orqali xat yo‘llashda va
qo‘ng‘iroq qilishda foydalanishingiz mumkin. Androidda Internetdan foydalanish uchun aynan shu sistema uchun yaratilgan WebKit brauzeridan foydalaniladi, endilikda bu brauzer HTML5ni ham qo’llab quvvatlaydi. Google sistemani yaratishga yaratdiyu sistemani asosan o‘zining dasturiy vositalari bilan to’ldira boshladi. Masalan Google Voice tovush xizmatlari uchun, Sky Map yulduzlar xaritasi, Google qidirish xizmati, Google Maps xaritalari va
Gmail kabilardir. Android foydalaniladigan dasturiy ta’minoti Javada yozilgan bo’lib, yaratatilgan dasturni mashina kodiga o’girish uchun standart Java Virtual Machinedan emas Android uchun tuzilgan Dilvak Virtual Machinedan foydalaniladi.
|
| |