Android OT uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi dasturlash vositalari: Eclipse, Intellij IDEA, Delphi XE 5




Download 372,87 Kb.
bet5/9
Sana13.05.2024
Hajmi372,87 Kb.
#229998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili

1.3 Android OT uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi dasturlash vositalari: Eclipse, Intellij IDEA, Delphi XE 5
Hozirgi kunda Android bozori jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Har oyda Android bozoriga chiqayotgan dasturlar soni ikki barobar ko‘payishi, hamda juda ko‘p Android uyali aloqa vositalari va planshetlarini ishlab chiqilishi yaqin orada bu rivojlanishni to‘xtab qolishidan emas, balki aksidan darak beradi. Bu rivojlanishlar orasida kompyuter texnologiyalariga qiziquvchan, yoxud sohasi shunga yaqin bo‘lgan har bir foydalanuvchi o‘zining mobil aloqa vositasiga dastur yozishga qiziqib ko‘rsa kerak.
Android OT uchun mo’ljallangan dasturlar paketi .apk kengaytmali fayl ko’rinishida bo’ladi. Ular o’rnatilganda o’zining kutubxonasiga hamda ilovasiga ega bo’ladi. Google Androidni rivojlantirish maqsadida Linux, Mac OS X (10.4.8 yoki undan yuqori), Windows XP, Windows Vista hamda Windows 7 ostidagi 32 va 64-razryadli mashinalar uchun mo’ljallangan SDK(Software Development Kit) paketini bepul yuklab olishni taklif etadi. Android uchun dasturlar tuzishni Java
(Java 1.5 dan kam bo’lmagan) tilida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda
Eclipse dasturlash muhiti tavsiya etiladi. Buning asosiy ikkita sababi mavjud.
Birinchidan, Eclipse mutlaqo bepul hamda unda ishlashni o’rganib olish juda oson. Ikkinchidan, ADTning tarkibida ham aynan Eclipsening 3.3-3.7 versiyalari uchun mo’ljallangan maxsus plagin mavjud. Dasturni yozish uchun avvalambor sizga
Integrated Development Environment (IDE) kerak bo‘ladi. Hozirda Eclipse IDE keng tarqalgan, lekin siz Eclipse dan foydalana olmagan bo‘lsangiz, NetBeans dan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Eclipse IDE ni quyidagi linkdan sistemangizning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlab olishingiz mumkin:
http://www.eclipse.org/downloads/
Bundan tashqari, ADTning tarkibida IntelliJ IDEA uchun ham maxsus plagin mavjud. Shuningdek, Eclipsega asoslangan integratsiya ishlab chiqish muhiti, ya’ni, Motodev Studio uchun ham ADT tarkibida plagin mavjud. Bunda siz
Google SDK(Software Development Kit) bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlashingiz mumkin.
2009-yilda ADTdan tashqari Android Native Devolopment Kit(NDK) ishlab chiqildi. U C, C++ dasturlash tillari yordamida dastur qismini amalga oshirishga ruxsat berish vositalari va kutubxonalar paketidir. NDK tezligi muhim bo’lgan kod qismlarini ishlab chiqish uchun foydalanishda tavsiya etiladi.
2013 yilda Google JetBrains dan IntelliJ g'oyasiga asoslangan, yangi rivojlanish muhiti Android Studioni tanishtirdi. Shu yili Embarcadero ham Rad Studio XE5 nashrini namoyish etdi. Uning eng asosiy yangiligi Linux yadrosiga asoslangan Android OT uchun ham dasturlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega ekanligidir. NDKning tarkibida zarur kutubxonalarning mavjudligi Rad Studio tarkibidagi har ikkala Delphi XE5 hamda C++ dasturlash tillari yordamida Android operatsion tizimi uchun dastur tuzish imkonini berdi.

Download 372,87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 372,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Android OT uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi dasturlash vositalari: Eclipse, Intellij IDEA, Delphi XE 5

Download 372,87 Kb.