|
ASOSIY QISM I BOB Android operatsion tizimi
|
bet | 3/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 372,87 Kb. | | #229998 |
Bog'liq Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili 1.1 Android OT tarixi
Android (yunoncha so’z bo’lib, ikki bo’g’inli - «erkak» va «o’xshash») — odamsifat robot ma’nosini anglatadi. Balki shuning uchun ham Android operatsion tizimining ramziy belgisida robot tasvirlangandir.
Android operatsion tizimining yaratilish tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi dasturchilari Andy Rubinning dasturiy ishlanmalari to’plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan Android Inc. kompaniyasi maxfiy tarzda shug’ullangan. Ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
Android — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) ni tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo’llabquvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Android Native Development Kit, C va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi. 2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o’rnatilgan. 1991-yil Linus Torvalds boshlab bergan erkin va ochiq kodli operatsion sistemalar 2007 yilga kelib telefonlarni ham egallay boshladi. Aslida bu qanday boshlangan edi? 2005-yil iyul oyida Google kompaniyasi telefonlarga dastur ishlab berish bilan shug‘ullanadigan Android Inc. nomli kichik kompaniyani 130 mln. dollorga sotib oladi va o’zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi. Ushbu Android Inc. kompaniyasining asoschilaridan biri Andy Rubin bugungi kunda Googlening mobil aloqalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limiga rahbarlik qiladi. Andy Rubin “Biznes haftaligi” (Business Week) gazetasiga bergan intervyusida: “Egasini yaxshi tushunadigan telefonlar yaratish uchun katta ehtiyoj mavjud” deb ta’kidlab o’tgan edi. Buni qarangki, haqiqatdan ham 2007-yilga kelib Google butun dunyoni hayratga solishga muvoffaq bo‘ladi, ya’ni xuddi shu yili u Symbian, Windows mobile, iPhone sistemalari bilan raqobatlasha oladigan yangi mobil sistemaga asos soldi. Siz “Xo‘sh nima qilibdi, telefon operatsion sistemalari (OS) yana bittaga ko‘payibdida!” deyishingiz mumkin. Haqiqatdan ham bittaga ko‘paydi-yu, ammo ulardan butunlay farq qilar edi. Bu farq unig asosida Linux Kernel 2.6 dan foydalanilganida edi. Endi Linux nafaqat kompyuter yoki notebuklarda, balki telefonlarda ham mavjud. Shu tariqa 2007-yil noyabrda Google tomonidan tashkil etilgan Open Handset Alliance (OHA) ommaga Google Androidning
Software Developing Kit(SDK)ni taqdim etdi. OHAga birinchilardan bo‘lib HTC, LG, Samsung, T-mobile kabi kompaniyalar, keyinroq esa protsessorlar va chiplar bo‘yicha ishlovchi QUALCOMM va Texas Instrumentslar a’zo bo‘lishdi. Hozirda OHAga 47 ta dasturiy va texnik qismlar bilan ishlaydigan kompaniyalar a’zo bo‘lgan. 2008-yil 21-oktabrda dasturchilarni quvontiradigan voqea yuz berdi, ya’ni OHA Androidni ochiq kodli deb e’lon qildi. Android OHA GPLv2 va Apache2.0 litsenziyalari ostida 1.5 versiyasi butun ommaga taqdim etildi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.
2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan so’ng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo’shdi.
2009-yilda platformaning to’rtta update(yangilash)lari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatoliklari tuzatilgan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasida bir qancha o’zgartirishlar kiritildi, xususan, virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qo’llash paydo bo’ldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini,
HTML5 tilidagi brauzerni qo’llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „tirik rasmlar“ paydo bo’ldi va ekran blokirovkasinining ko’rinishi o’zgardi.
2010-yilning o’rtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010yilning oxirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu updatelar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki harf-raqamliga o’zgartirdi, „Kesish, nusxa ko’chirish“, qayta qo’yish funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2ga o’zgardi. Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) bo’ldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish so’rovlari paydo bo’ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda o’zining „Google Nexus“ moslamalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo’lib yangi versiyalarda chiqadi.
Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android OT boshqa moslamalarga ham o’rnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ I`mWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi Nexus Q mediapleyeri mavjud.
2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga ko’payayotgani haqida xabar berdi.
2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn do’koni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishuvga ko’ra yaratuvchilar foydaning 70 %ini, operatorlar esa qolgan 30 %ni olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi o’z dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo bo’ldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn do’koni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va o’yinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur ko’chirib olindi.
2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Google Play internet do’koni 190 ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd. ta dastur ko’chirib olingan.
Android platformasi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari turkumi ishlab chiqildi. Android OS sining 1.5 versiyasidan boshlab har bir versiyasi nomi birorbir shirinlikni ifoda etadi. Versiyalar tartibi bo‘yicha nomlar birinchi harflari lotin alfaviti harflariga mos: 1.5 Cupcake («keks»), 1.6 Donut («ponchik»), 2.1 Eclair («ekler» yoki «glazur»), 2.2 Froyo («muzlatilgan yogurt» so‘zi qisqartmasi), 2.3 Gingerbread («imbir pryanigi»), 3.0 Honeycomb («asalari uyasi»), 4.0 Ice Cream Sandwich («musqaymoq briketi»), 4.1 Jelly Bean («saqichli muz parchasi»), 5.0 Key Lime Pie («laymli pirog»), Lollipop («muz parchasi»), Molasses («melassa») va Nougat («nuga»).
Birinchi ikkitasi mashhur robotlar nomlari bo‘lgan: 1.0 Astro («Astro Boy») va 1.1 Bender («Futurama»), ammo ularni mualliflik huquqlari sababli shirinliklar nomiga almashtirdilar.
2011-yil fevral oyi ma’lumotlari bo‘yicha Android operatsion tizimi iPhone 4 iOS ni ortda qoldirib, Buyuk Britaniyada eng ommaviy smartfonlar ro‘yxatida yetakchilik qildi. Ekspertlarning taxminlari bo‘yicha, bu Android operatsion tizimining mobil operatsion tizimlari bozoridagi global yetakchilikka birinchi qadamidir. IDC oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, hozirda «aqlli» qurilmalarni sotishda Androidning ulushi taxminan 75 foizni tashkil etadi, eng yaqin raqobatchisi — iOS — 2-o’rinda, taxminan 14 foiz bilan ancha ortda qolgan. 2008yildan Android bozordagi o’z ulushini muntazam oshirib keldi va iOSdan o’zib ketdi hamda Symbianni siqib chiqardi.
Agar Androidning rasmiy saytida kursorni pastki chap burchakdagi robotga olib borilsa, u har xil harakatlar qilishni boshlaydi. Masalan, bosganda qo’lini silkitadi.
Android- shu yaqin yillarda OT sohasiga kirib kelgan va ko’p dasturchilarni, shu operatsion tizim bilan pul topishga undagan “Yashil o’zga sayyoralik” dir. Bu dastur juda ko’p smartphonelarni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi.
Mobil operatsion tizimlar (windows mobile, symbian) orasida eng mashhurrog’i va keng qo’llaniladigani ham shu tizimdir.
Android operatsion tizimining interfeysi juda qulay yaratilgan bo’lib, ish stoli va menyu orqali dasturlar piktogrammalari ro’yxatini ko’rishimiz mumkin. Eng yuqorida Soat, Zaryad, Operator antennasi signali, GPS, 3G-4G va boshqa ko’plab foydalanuvchiga eslatib turuvchi indikatorlar paneli joylashgan. Ushbu panelni yuqoridan pastga qarab barmoq bilan harakatlantirganda Panel visual ravishda to’liq ekranga tushadi va barcha eslatmalar to’liq ko’rsatiladi.
Nufuzli “Gartner” tadqiqot kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2016yilga kelib Android dunyodagi eng mashhur, eng ko’p tarqalgan operatsion tizimga aylanadi. Tahlilchilarning fikricha, kelasi to’rt yil ichida odamlar orasida mobil qurilmalardan foydalanish judayam katta tezlikda oshib boradi. Eslatib o’tamiz, bugungi kunda butun dunyo bo’ylab Android bazasida ishlovchi qurilmalarning soni 608 millionga teng bo’lsa, 2016-yilga kelib bu ko’rsatkich 2,3 milliard donaga yetadi. Aksincha, “Microsoft” korporatsiyasining “Windows” operatsion tizimi bazasida ishlovchi gadjetlar soni hozirgi kunda 1,5 milliard donadan iborat bo’lsa, oradan to’rt yil o‘tib bu raqam 2,28 milliardga yetadi. Ana o’shanda Android bu borada “Windows”dan o’zib ketadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 2016-yilga kelib odamlar shaxsiy kompyuterlarga qaraganda ko’proq smartfon, planshet kabi mobil qurilmalarni ishlatadigan bo‘ladi.
Hozirda smartfonlar va planshetlar bozorida iOS va Android asosidagi qurilmalar yetakchilik qilyapti. Yana Windows Phone ham bor, hozirgi vaziyatda turli usullarda bozordan oz bo‘lsada o’rin egallashga harakat qilayotgan, Apple va
Microsoftdan farqli ravishda, to’liq ekotizimga ega bo’lgan, Googleda, hozircha, faqat smartfon va planshetlar uchun operatsion tizim mavjud xolos. Chrome OS hisob emas — u faqat veb dasturlar uchun va veb applar hali-veri nativ appllarning o’rnini bosa olmaydi.
|
| |