• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH
  • Reja: Kirish Dunyo sug‘urta bozori




    Download 316 Kb.
    bet1/10
    Sana20.04.2024
    Hajmi316 Kb.
    #202057
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Yevropa Ittifoqi davlatlarida
    olimpiada dasturlari infor ka kitob, nepreryvnoe-obrazovanie-izuchenie-inostrannogo-yazyka (2), 941541547 Н.Улуқов, Logistik regressiya nima Logistik Model, Zerikkan paytda kirilsin, 1681713047 (4), 1685374946 (2), 1685374946 (1), 1685374946, Aloqa xati completed, Mobil qurilmalardi programmalastiriw, Aqqanat Texkarta, t2P5DMw2oKgwNeq6TofERWIy9iCst2i1zOdhpmZn, Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashinuv, Samandar tex karta



    Dunyo sug‘urta bozorining  rivojlanishi ,an’analari va istiqboli

    Reja:
    Kirish
    1. Dunyo sug‘urta bozori
    2. Dunyo sug‘urta bozorining turlari
    3. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

    KIRISH

    Sug‘urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug‘urta kompaniyalari, birgalikda sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko‘pgina mamlakatlarda xorijiy sug‘urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo‘yicha barcha to‘siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug‘urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo‘lsada, milliy sug‘urta bozorlari o‘ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug‘urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug‘urta himoyasining turlariga taalluqlidir. Masalan, hayotni sug‘urtalash, sug‘urta bo‘yicha yig‘iladigan badallarning 77 foizini tashkil etsa, bu ko‘rsatkich Yevropada - 47 foiz, Shimoliy Amerikada - 42 foizni tashkil etadi. Bunday tafovutning yuzaga kelishiga asosiy sabab, davlat tomonidan ijtimoiy himoya past bo‘lgan mamlakatlarda, aholining pensiya ta’minotini o‘zlari hal qilishidir (G‘arbiy Yevropa sug‘urta bozorining tarkibini 1-jadvaldan ko‘rish mumkin).


    AQSHda 9130 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritadi va sug‘urta to‘lovlari aholi jon boshiga 1999 yilda 2334 EKYuni tashkil qilgan.
    Axoli jon boshiga sug‘urta to‘lovlari eng yuqori bo‘lgan mamlakat - Lyuksemburg bo‘lib, 1999 yilda u aholi jon boshiga 2800 EKYuni tashkil etgan. Sababi, Lyuksemburgni nemislar, belgiyaliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan mexmonlar bu erni kapital joylashtiriladigan «soliq jannati» deb atashadi.
    Buyuk Britaniyada eng erkin sug‘urta tizimi barpo etilgan. Bu yerda xattoki, sug‘urta kompaniyalarini nazorat qiladigan maxsus organ ham yo‘q. Nazorat sanoat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta badallarini o‘rnatish va sug‘urta qilish qoidalari erkinligiga qaramasdan, bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati boshqa mamlakatlardagidan ancha yuqori, narxlari esa, past darajada. Tarixan tarkib topishiga ko‘ra, Britaniya sug‘urta bozori ikkita mustaqil qismga bulingan: London va boshqa barcha hududlar. London bozori, odatda, xorijiy mijozlarni, dengiz kemalarini, neft kompaniyalarini, TMKlarni sug‘urtalaydi. London bozorida hukmronlik qiluvchi Lloyd sug‘urta kompaniyasi oxirgi yillardagi qiyinchiliklardan, faqatgina, jiddiy tashkiliy islohotlarni amalga oshirish bilan chiqmoqda. Ushbu qiyinchiliklar mamlakat ichkarisidagi mijozlarni sug‘urtalovchi - ichki sug‘urta bozoriga ta’sir etmadi.
    Germaniyada sug‘urta bozori davlat tomonidan qattiq tartibga solinadi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, sug‘urta biznesi yirik sanoat kapitali bilan yaqin aloqada. Kapitalda va boshqaruvda o‘zaro ishtirok etish keng tus olgan. Mutaxassislarning fikricha, taxminan 50 ta kishi barcha yirik nemis sug‘urta kompaniyalarini nazorat qiladi. Shuning uchun ham, raqobat asosan sotish tarmoqlari o‘rtasida mayjud.
    Germaniyada sug‘urta bozorida hukmronlik qiluvchi kompaniyalardan biri - «Alyans» kompaniyasidir. U hayotni sug‘urtalash sohasining 42 foizini va boshqa sug‘urta sohalari 38 foizini egallab olgan. «Alyans» aylanmasining taxminan 55 foizga yaqini ichki bozor, qolgani xorijiy faoliyat bilan bog‘liq. Yaqinda, ikkita frantsuz kompaniyalari «AXA» va «IAR»ni birlashishidan oldin, «Alyans» Yevropadagi eng yirik sug‘urta kompaniyasi edi.
    «R+V» sug‘urta kompaniyasi kattaligi jihatdan Germaniyada ikkinchi o‘rinda turadi. Uning yuksalishiga Berlin devorining kulashi katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu kompaniya kooperativ tarkibga ega bo‘lib, u asosan, qishloq aholisi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarni sug‘urtalashga ixtisoslashgan.
    Xorijiy kapitalga nisbatan qonuniy cheklovlarning mayjud emasligiga qaramasdan, nemis sug‘urta bozori nisbatan yopik hisoblanadi. Bu aholining: «nemislar o‘z sug‘urtachilarini afzal biladilar» degan psixiologiyasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, bu yerda agentlar tarmog‘i juda zich. 50 mingga yaqin agentlar sug‘urta kompaniyalarida agent bo‘lib to‘liq ish kunida ishlashsa, taxminan 270 ming kishi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritadilar. Agentlar bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabat dustona va uzoq muddatli asosda shakllangan.


    1. Download 316 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 316 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish Dunyo sug‘urta bozori

    Download 316 Kb.