|
Rejа kirish i-bob. Аxborot tizimlari interfeyslarini qo`llash va ularning ahamiyati
|
Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 17,59 Kb. | | #149607 |
Bog'liq Kirish
REJА
Kirish
I-BOB. Аxborot tizimlari interfeyslarini qo`llash va ularning
ahamiyati
1.1. Аxborot tizimlari interfeyslari haqida umumiy tushunchalar
1.2. Аxborot tizimlari interfeyslari vazifalari va qoʼllanish sohalari
1.3. Аxborot tizimlari interfeyslari turlari va ularning imkoniyalari
1.4. Masalaning qoʼyilishi va uning dolzabligi
II-BOB. Maʼlumot beruvchi axborot interfeysining strukturasi va uning
tahlili
2.1. Maʼlumot beruvchi axborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan
dasturiy vositalar tahlili.
2.2. Аxborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositaning
imkoniyalari
2.3. Maʼlumot beruvchi axborot interfeysining yaratish texnologiyasini
ishlab chiqish
2.4. Maʼlumot beruvchi axborot interfeys uchun maʼlumotlar bazasi
strukturasi ishlab chiqish
III-BOB. Maʼlumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash
uslublari va yaratish texnologiyasi
3.1. Maʼlumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash bosqichlari va
ularning tahlili
3.3. Maʼlumot beruvchi axborot interfeysi uchun shakl (forma) va soʼrovlar
(запросы)yaratish
3.4. Maʼlumot beruvchi axborot interfeysi uchun hisobot yaratish
3.5. Yaratilgan maʼlumot beruvchi axborot interfeys dasturidan
foydalanish yoʼriqnomasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati
KIRISH
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
Biz bugun axborotlashgan jamiyatlar dunyosida, tobora rivojlanayotgan globallashuv jarayonlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) hamda intellektual taraqqiyot hal qiluvchi rol o‘ynayotgan bir jamiyatda yashamoqdamiz. Respublikamizda davlat miqyosida ushbu sohalarga alohida ahamiyat berilib kelinmoqda.
«Biz uchun 2015-yil va undan keyingi davrda eng ustuvor vazifa — bu ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish АКТ tizimlarini keng joriy etish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat bo’ldi». Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) – bu :
1. Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish bilan bog’liq bo’lgan obektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
2. Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalar.
3. Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, uyali telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo’ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim.
AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Evropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o’zida emas, balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va kommunikatsiyasidan erkin foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida «AKT rivojlanish uchun» dasturini faol ravishda olg’a surmoqda.
Bugungi sharoitda eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy dasturga muvofiq, telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirish, informatsion tizimlar komplekslari va «Elektron hukumat» axborot bazasi shakllantirildi».
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017—2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturining Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish,davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslaming huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; «Elektron Hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining foydalanish imkoniyatini oshirish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlangan 3-ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish lozimligi uqtirib o'tilgan.
Shunga ko’ra, bugungi kunda Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot –bu xo‘jalik iqtisodiyotini yuritish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinishida bo‘lgan. Katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish texnologiyalari va mahsulotlarni yetkazib berish mumkin. Yana tushinarli tarzda aytadigan bo‘lsa kraqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmat ko‘rsatish elektron to‘lovlarini amalga oshirish onlayn savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga bog‘liq. Hozirgi kunda amalga oshiradigan onlayn savdo va boshqa turdagi sohalarni, raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida statistikani takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Elektron tijoratni shakllantirish va hisobga olish ma’lumotlarini tayyorlash sohasida ilg’or tajribalar va metodologiyalarni amaliyotga joriy etish;
AKT infratuzilmasi, AKTdan foydalanish, AKT xizmatlariga tariflar, AKTni ishlab chiqarish sektori, ta’limda AKTdan foydalanish, AKT savdosi va boshqa ma’lumotlarni tayyorlash bo’yicha qo’llanma va metodologiyalarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;
АKТ sohasida statistik ma’lumotlarni shakllantirish va tarqatish bo’yicha Davlat statistika qo’mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi salohiyatini oshirish.
Raqamli iqtisodiyotning endi afzalliklari haqida aytib o’tsak: Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin.
Xulosa qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
Kurs loyiha ishida berilgan mavzu ham aynan mana shu raqamli iqtisodiyot bilan bog’liq desam adashmagan bo’laman. Mehmonhona kompleksi interfeysini loyihalashda onlayn hizmat ko’rsatish sohasi bilan ishlaymiz.
|
| |