Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 213,5 Kb.
bet15/16
Sana23.05.2024
Hajmi213,5 Kb.
#250899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Reja Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni

Masala. 1 to’p gazlama 28m bo’lsa, 10 to’p gazlama necha metrni tashkil etadi?
Yechish: 10*28=280m Javob:280m
Metr asosida lenta sanoq simlar, sinfxona pollari o’lchanadi.
Masala. 6 ta bir xil ko’ylakka 12 m gazlama ketadi. 18 m matodan necha shunday ko’ylak tikish mumkin?
Yechilishi: 12:6=2 m 18:2=9
Javob 9 ta ko’ylak tikish
Bu masalalar bilan birga bolalar masofani ko’zda chamalash bilan birga metrni ham ishlatishni o’rganib oladilar.
Uzunlik o’lchovining so’nggi yangi birligi bu kilometr. Bu birlik haqida tasavvurga ega bo’lish uchun kilometr ustida amaliy mashg’ulot o’tkaziladi. 1 km masofani o’qituvchi bolalar bilan pioda bosib o’tadi. Har bir qadam metr bilan o’lchanadi; natijada 1 km-1000 m ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 1 km masofani bosib o’tishda qancha vaqt ketganini ham hisobga olishadi. 3-sinfda o’lchov birliklari orasidagi masofaga oid masofalar yechiladi.
Masala. 1 soatda piyoda 5 km, velosiped 20 km, motosikl 60 km, avtomobil 120 km masofani bosib o’tadi.240 km masofani piyoda,velosiped,motosikl,avtomobil necha soatda bosib o’tishi mumkin?
Yechish:
1)240:5=48 soatda piyoda
2)240:20=12 soatda velosiped
3)240:60=4 soatda motosikl
4)240:120=2 soatda avtomobil
Har bir masofa matni mazmunini tushunish, ongli o’qish, masala ustida fikr yuritish bu o’quvchini og’zaki nutqini o’stirishda katta yordam beradi. Masaladagi notanish so’zlar ustida ishlash doskada yoki lug’at daftarga yozib olishlari mumkin.
Masalaga doir og’zaki savol-javob o’tkazib undagi noma‘lum songa diqqat e‘tibor qaratiladi.
9) Avtomobilda bir shahardan ikkinchi shahar tomon yo’l oldi. Bir soatda 94 km, yana bir soatda 85 km masofa bosib o’tdi.Agar bu ikki shahar orasidagi masofa 268 km bo’lsa,manzilga yetib boorish uchun yana qancha masofa qoldi?
Yechish:
1)94+85=179 km
2)268-179=89 km Javob:89 km

Xulosa

Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda asosan amaliy metodlar va labaratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bunday ishlarni


bajarishda sezgi organlaridan va ayniqsa, qo'lning harakatlantirish apparatidan foydalanish o'quvchilarning predmetga qiziqishini uyg'otadi, ish kayfiyatini yaratadi, faollikka undaydi. Bu esa pedagogika nuqtai nazaridan qimmatlidir. Amaliy ishlar o'tkazishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Atrof - borliqni o'z «Kashfiyotlari» orqali bilib olish bolalar uchun qiziqarlidir. O'quvchilarni kichik tadqiqotchi o'rniga qo'ya olgan, o'quvchilarning shaxsiy fikrini uyg'ota olgan o'qituvchi keyin ishda samarali natijalarga erisha oladi. Muammoli o'qishning maqsadi ham, mazmuni ham shundan iborat.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to'g'ri va puxta shakllantirishda ko'rgazmalilikning turli vositalari asl nusxalar, modellar, chizmachilik va o`lchash asboblari, plakatlar, rasmlardan keng foydalanish kerak.
Turli hisoblashlar va yasashlarni bajarishda aniqlik va batartiblikka amal qilish o'quv ahamiyatidan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Batartib bajarilgan o'Ichash va grafik ishlar bolalarning estetik tarbiyalash imkonini beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi.
Miqdorlarni bevosita taqqoslash bilan ularning tengligini aniqlashimiz mumkin. Tekshirishda aniqroq natijaga ega bo`lish uchun, masalan bir jism massasi ikkinchi jism massasidan qancha kattaligini bilish uchun miqdorlarni o`lchash zarur.

Download 213,5 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 213,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 213,5 Kb.