• Agentlik o‘z faoliyatida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  • Reja kirish Texnika xavfsizligi Asosiy qism o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risida Agentlikning tuzilmasi




    Download 3,9 Mb.
    bet3/8
    Sana19.05.2024
    Hajmi3,9 Mb.
    #243527
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    asliddin.hisobot

    1. Quyidagilar:
    Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

    Agentlik o‘z faoliyatida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi;
    tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun tushadigan davlat bojining barcha summasi, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va barcha turdagi yig‘imlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar, mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar summasi belgilangan tartibda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
    bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari tushishini alohida hisobga olish uchun daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin;
    Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularning samarali ishini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, aloqa vositalari, dasturiy vositalar, idora mebeli bilan jihozlash, shuningdek, xizmat avtotransport vositalari sotib olish va ularni saqlash uchun bir hafta muddatda “yagona darcha” markazlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nomiga maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamidan mablag‘ ajratsin;
    Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar qoldiqlari, shu jumladan, tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar o‘tkazilishini ta’minlasin;



    Download 3,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja kirish Texnika xavfsizligi Asosiy qism o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to‘g‘risida Agentlikning tuzilmasi

    Download 3,9 Mb.